Shahrisabz, Ko‘kdala va Nishonda 3 nafar fuqaro jami 1 mlrd 564 ming so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.
“O‘zsuvta’minot” AJ Axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2022-yilning iyul oyida mazkur tumanlarda o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish viloyat hududiy inspeksiyasi va “Qashqadaryo suv ta’minoti” MCHJ xodimlari tomonidan 3 ta holatda magistral quvurga noqonuniy ulanib, jami 1 mlrd 564 ming so‘mlik ichimlik suvidan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlandi hamda tegishli tartibda rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etildi.
Achinarlisi, olis hududlarda minglab aholi kundalik ehtiyojlari uchun suv topolmay qiynalgan yozning chillasida ichimlik suvidan kimdir baliq ko‘lini suv bilan to‘ldirishda, yana kimdir beda, tarvuz ekilgan dalasini sug‘orishda foydalanib kelgan.
Izoh (0)