“Yuventus” yarim himoyachisi Adrien Rabyo “Manchester Yunayted”ga o‘tishga yaqin.
Mankunianliklar 27 yoshli futbolchi bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Shuningdek, Rabyoning onasi va agentiga ham komissiya puli berilishi ham ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi jurnalist Sasha Tavolyeri.
Avvalroq “qizil iblislar” futbolchi uchun 15+5 million funt bermoqchiligi xabar qilingandi.
Ingliz klubi “Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong transferidan umidini uzgan va bor e’tiborini fransiyalik xavbekka qaratgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)