“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu APLning 2-turida “Brentford”ga qarshi o‘yindan so‘ng muxlislar tomonga bormadi.
Manchester Evening News jurnalistining yozishicha, o‘yin tugaganidan so‘ng murabbiy yordamchisi Stiv Maklaren portugaliyalikka muxlislar tomonga borishni maslahat bergan. Futbolchi esa bu ishni bajarmagan va Maklaren bilan qisqa suhbatdan so‘ng kiyim almashtirish xonasiga kirib ketgan.
Himoyachi Harri Maguayr muxlislarga qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi, biroq xavfsizlik nuqtayi nazaridan u ham darhol kiyim almashtirish xonasiga yo‘l olgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)