Konya—2021 Islom birdamligi o‘yinlarida 8 ta medalga ega chiqqan O‘zbekiston yengil atletika terma jamoasi Toshkent aeroportida kutib olindi
Turkiyaning Konya shahri mezbonligida o‘tayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida qatnashgan O‘zbekiston yengil atletika terma jamoasi 14-avgust tongida Toshkentga qaytib keldi, deya xabar qilmoqda “Daryo” muxbiri.
O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Konya—2021 o‘yinlarida to‘rtta oltin, ikkita kumush va ikkita bronzaga ega chiqdi.
Oltin
Safina Sa’dullayeva (balandlikka sakrash)
Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash)
Suhrob Xo‘jayev (tosh uloqtirish)
Anvar Anvarov (uzunlikka sakrash)
Kumush
Farida Soliyeva (400 metrga yugurish)
Svetlana Radzivil (balandlikka sakrash)
Bronza
Roksana Xudoyorova (uzunlikka sakrash)
Nargiza Qo‘chqorova (nayza uloqtirish).
Quyida sportchilarini kutib olish jarayonidan fotogalereya bilan tanishing:
Izoh (0)