Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Bu yilgi haddan tashqari issiqlik o‘rmon yong‘inlari, qurg‘oqchilik va muzliklarning erishiga sabab bo‘ldi. 

Bundan tashqari yuqori harorat insoniyat o‘tmishi haqidagi g‘alati va qorong‘i narsalarni ochib berdi — kema halokatlari, jasadlar, arvoh qishloqlar, manzarali bog‘lar va qadimiy shaharlar. Bloomberg nashri anomal issiqlik ortidan yuzaga kelgan g‘ayritabiiy hodisalarni bir joyga to‘pladi. “Daryo” buni e’tiboringizga havola qiladi. 

Foto: Bloomberg

Rim qoldiqlari

Italiyadagi qurg‘oqchilik Ikkinchi jahon urushidan qolgan asarlar va Neron davridagi hayotning bir ko‘rinishini ochib berdi.

Foto: Bloomberg

Yomg‘irsiz oylar va Alp tog‘laridagi qor erishi oqimining odatdagidan ertaroq to‘xtashi Italiyaning eng uzun daryosi bo‘lgan Po daryosini so‘nggi 70 yildagi eng past darajaga tushirdi. 

Qurigan daryo o‘zanida Germaniya tanki va yuk kemalari kabi Ikkinchi jahon urushi davridan qolgan vayronalar aniqlangan.

Rimning Tiber daryosidagi ko'prikning qayta tiklangan qoldiqlari

Rimning Tiber daryosidagi ko'prikning qayta tiklangan qoldiqlari
Foto: Bloomberg

Bu orada Rimda qurg‘oqchilik ortidan imperator Neron davrida qurilgan deb taxmin qilingan ko‘prik kashf qilindi. 

Bu yil yozning Italiyadagi haddan tashqari issiq va quruq sharoiti hukumatni iyul oyida favqulodda holat e’lon qilishga majbur qildi.

Ispaniya arvohlar qishlog‘i

Ispaniyaning Galisiya shahrida 1990-yillarning boshlarida qolib ketgan shahar qayta paydo bo‘ldi.

Foto: Bloomberg

Ispaniyaning Portugaliya bilan chegarasi yaqinidagi Aceredo qishlog‘i 1992-yilda Alto Lindoso suv omboriga joy ochish uchun suv ostida qolgan edi. 

Fevral oyida, taxminan 30 yil o‘tgach, qurg‘oqchilik kichik shaharchani yana paydo qildi. Ko‘p o‘tmay, sayyohlar muzlab qolgan joyni ko‘rish uchun oqib kela boshladi.

Dahshatli kashfiyotlar

Mid ko‘li cho‘l tarixining dahshatli to‘plamini ochib beradi.

Foto: Bloomberg

Bahorda qor erishi bilan to‘lib ketishi kerak bo‘lgan ba’zi AQSH suv omborlarida quruq halqalar, shu jumladan Mid ko‘li ham bor edi. Ko‘ldagi suv bu yil rekord darajada pasaydi.

Mid ko‘li — mashhur Guver to‘g‘onidagi ulkan suv ombori. U o‘zining oldingi holatining bir qismiga qisqarib, katta qiziqish maydoniga aylandi.

Mehmonlar cho‘kib ketgan qayiqlardan tortib o‘lik jasadlargacha bo‘lgan hamma narsani uchratishgan. 

Biz bu yerda yo‘qolgan qayiqlardan tortib, jasadlargacha hamma narsani topishimiz mumkin edi, — deydi Las-Vegasdagi Nevada universiteti tarix kafedrasi dotsenti Maykl Grin. 

AQSH Milliy bog‘lar xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu joyda topilgan odam qoldiqlari orasida bochkadagi jasad ham bor. O‘lim sabablari o‘rganilmoqda.

Yashirin bog‘

Buyuk Britaniyadagi jazirama ortidan 17-asrning gullab-yashnagan manzarasi topildi.

Foto: Bloomberg

Britaniyada yozning haddan tashqari issiqligi Angliyaning markaziy qismidagi tarixiy uyning janubiy maysazorini kuydirib, 17-asrga oid yashirin bog‘ni ochib berdi. 

Derbishirda Chatsvort uyidagi maysazorda keng, bezakli naqshlarni ko‘rish mumkin.

Buyuk Parter nomini olgan keng bog‘ 1699-yilga to‘g‘ri keladi. U bir vaqtlar gulzor va yo‘llar bilan to‘ldirilgan edi. 

1730-yilga kelib, bezakli landshaft o‘t bilan qoplangan va yangi maysazorning ildizlari qisqaroq bo‘lgani uchun u tezroq yonib ketadi. 

26-iyul kuni Chatsvortda 38,1 gradus harorat qayd etildi — bu 100 yildan ortiq rekord darajadagi eng yuqori ko‘rsatkich.

Mesopotamiya xazinasi

Iroqda bronza davri imperiyasining shahar markazi yana paydo bo‘ldi.

Foto: Bloomberg

Bu yil Iroqda Mosul suv omborining qurib qolgan hududidan keng qadimiy shahar xarobalari paydo bo‘ldi. 

Kurd va nemis arxeologlari guruhi miloddan avvalgi 1550-yildan 1350-yilgacha Mitanni imperiyasi davrida — bronza davrida gullab-yashnagan Dajla daryosi bo‘yidagi qadimgi shahar Kemune o‘rnini o‘rganishdi.

Tadqiqot guruhi 100 dan ortiq mixxat yozuvlari bo‘lgan sopol idishlarni topdi. Bu kashfiyot Mitannilar davridagi shaharning tugashi va mintaqada Ossuriya hukmronligining boshlanishi haqida ko‘proq ma’lumot berishi mumkin.

Kemunedagi qutqaruv qazishmalarining bir qismi bo‘lgan Tyubingen universiteti professori Piter Pfalzner press-relizda: “Pishirilmagan loydan yasalgan mixxat yozuvlari o‘nlab yillar davomida suv ostida saqlanib qolgani mo‘jizadir”, dedi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar sayohat uchun ko‘proq qaysi davlatlarga borayotgani ma’lum qilindi
Dunyo
Ijevskdagi maktabda yuz bergan otishma qurbonlari soni 17 kishiga yetdi
Sport
Millatlar Ligasida uchinchi yarim finalchi nomi ma’lum bo‘ldi