• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    20 oiladan faqat bittasi to‘yib ovqatlanadi: Afg‘oniston Tolibon davrida qanday o‘zgardi?

    2021-yilning 15-avgustida Tolibonning Kobulni egallab olishi Afg‘onistonda vaziyatni keskin o‘zgartirib yubordi. Ularning oson g‘alabasi barchani, shu jumladan jangchilarni ham hayratda qoldirdi. The Economist nashri Afg‘oniston bir yilda qanday o‘zgarganini tahlil qildi. 

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Amerika qo‘shinlarini olib chiqib ketayotganini va umidsiz afg‘onlar aeroportga qochib ketish umidida to‘lib-toshganini dunyo dahshat bilan tomosha qildi. Tolibon tezda to‘liq nazoratni o‘rnatdi va mamlakat inqirozga uchradi.

    Asosiy muammolar moliyaviy bo‘ldi. G‘arb Afg‘onistonni global bank tizimidan uzib qo‘ygani va uning xorijiy zaxiralarini muzlatib qo‘ygani sababli mamlakat iqtisodiyoti quladi. 

    O‘tgan yilning sentabr—dekabr oylari orasida yalpi ichki mahsulot 2020-yilning shu davriga nisbatan uchdan bir qismga kamaydi. 

    Mamlakatning aksariyat qismi qashshoq va och. Iyun oyida oziq-ovqat va yonilg‘i narxlari o‘tgan yilga nisbatan 50 foizga yuqori bo‘lgan. Afg‘onistonda 20 oiladan faqat bittasi to‘yib ovqatlanadi.

    Tolibon bu borada yordam bermayapti. O‘zgargani haqidagi da’volar va afg‘onlarga “yaxshiroq kelajak” va’dalariga qaramay, yangi Tolibon o‘zini 1996—2001-yillarda mamlakatni boshqargan eski partiyaga o‘xshab tutmoqda. 

     

    Mamlakatda Fazilat va yomonlik vazirligi va uning axloq politsiyasi qayta tashkil etildi. Ular soqolini qirgan erkaklar va boshdan-oyoq o‘ranmagan ayollarni ta’qib qilishmoqda. 

    Tolibon hamon terrorchi do‘stlariga boshpana taklif qilmoqda. 31-iyul kuni Amerika Kobul markazida “Al-Qoida” yetakchisi Ayman az-Zavohiriyni o‘ldirdi.

    Afg‘onistonda ayollar eng yomon ahvolda qolgan. Amerika qo‘llab-quvvatlagan hukumat davrida yigirma yil ichida ko‘pchilik erkinlik darajasiga o‘rganib qolgan edi. 

    Ayollarning savodxonlik darajasi 2000-yildan 2018-yilgacha bo‘lgan davrda atigi 30 foizni tashkil etgan bo‘lsa ham ikki baravardan ko‘proq oshdi. 

    Ayollarning bir avlodi shifokor, jurnalist, huquqshunos bo‘lib ishladi. Endi ular yana bir bor jamoat hayotidan chetlashtirilmoqda. Mart oyida Tolibon qizlarni o‘rta maktablarga qaytarish haqidagi va’dasidan qaytdi.

     

    Qishloq aholisi o‘tgan yillarga qaraganda ancha xavfsizroq yashamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, zo‘ravonlik hodisalari, qurolli to‘qnashuvlar, dron hujumlari va portlashlar iyul oyining o‘rtalariga qadar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 87 foizga kamaygan.

    Ko‘pgina qishloq afg‘onlari uchun ko‘p narsa o‘zgarmadi. Tolibonni tug‘dirgan mamlakat janubidagi qishloqlarda shafqatsiz konservatizm yangilik emas. 

    Bu chekka hududlarda istiqomat qiluvchilar o‘z hayotlarini tiklamoqda, ekinlar ekib, uy-joylarini tartibga keltirmoqda. 

    Jahon bankining yaqinda uy xo‘jaliklari o‘rtasida o‘tkazgan so‘roviga ko‘ra, ish bilan band ekanliklarini aytgan qishloq respondentlarining ulushi ikki yil avvalgi 73 foizdan 2021-yilning so‘nggi uch oyida 81 foizga oshgan. 

    Ammo ish bilan band bo‘lish munosib maosh olishni anglatmaydi. Ko‘pchilik ko‘p bolali oilalar xarajatlarini qoplaydigan yagona boquvchi ega xolos. 

    Tinchlik uzoq davom etmasligi mumkin, albatta. Afg‘onistonliklar Amerika tomonidan qo‘llab-quvvatlangan 20 yillik qo‘pol demokratiya tufayli o‘zgardi. Tolibon mutaassibligi bilan yashashni istamagan ayollar ko‘chalarga chiqmoqda. 

    Iqtisodiy qiyinchilik aholi orasida norozilikni keltirib chiqarmoqda. Yangi kambag‘al afg‘onlar allaqachon Tolibonni noto‘g‘ri boshqaruvda ayblashni boshlagan.

    12.08.2022, 20:16   Izoh (0)   41600
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Foziljon Qambarov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘iston Rossiyani chetlab o‘tib, Ozarbayjon orqali neft sotishni boshlaydi

    12.08.2022, 19:13

    O‘zbekiston rekord miqdorda olxo‘ri eksport qilgani ma’lum bo‘ldi

    12.08.2022, 19:04

    Fransiyada narxlar oshishi iyulda rekord darajaga yetdi

    12.08.2022, 18:49

    Oziq-ovqat inflyatsiyasi rivojlanayotgan mamlakatlarga jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda. O‘zbekistonda vaziyat qanday?

    12.08.2022, 18:16

    Yaponiyaning ko‘p miqdordagi gaz importi sabab Osiyoda narxlar ko‘tarildi

    12.08.2022, 17:16

    O‘zbekistonda global indekslar mashhurlik reytingi ishlab chiqildi

    12.08.2022, 13:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Farg‘onada bojxona posti rahbari 5 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 20:16

    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

    Reklama | 15 avgust, 19:30

    Tramp joriy qilgan tariflar Yaponiya avtosanoatini inqiroz yoqasiga olib keldi

    Avto | 15 avgust, 20:10

    Xitoyda robotlar olimpiadasi boshlandi

    Dunyo | 15 avgust, 19:56

    Jag‘dagi husnbuzarlardan qanday qutulish mumkin? 9 ta oddiy qoida

    Go‘zallik | 15 avgust, 19:35

    “Maxsustrans 2022−2023-yillarda 45 mlrd so‘m zarar ko‘rgan” — Shavkat Umurzoqov

    O‘zbekiston | 15 avgust, 19:21

    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi

    Reklama | 15 avgust, 18:11

    O‘zbekistonlik talabalar bir vaqtda 2 mingta robot yasab Ginnes rekordini yangilamoqchi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 19:05

    O‘zbekistonda kunlik ish haqi to‘lash tartibi joriy etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 18:51

    Tramp va Putin Alyaskadagi sammit yakunida hech qanday hujjat imzolamaydi

    Dunyo | 15 avgust, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.