Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) bosh direktori Emil Sutovskiy O‘zbekiston terma jamoasining Butunjahon shaxmat Olimpiadasidagi g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

Foto: FIDE

Foto: FIDE
O‘zbekiston AQSHni ortda qoldirib, g‘alaba qozongani haqida

Bu juda katta yutuq, va albatta, kutilmagan holat. Biroq buni super sensatsiya demagan bo‘lardim. O‘tgan yiliyoq, Jahon Kubogida ham, rapid bo‘yicha chempionatda ham o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar kuchli raqiblariga qarshi munosib dona surayotgani ko‘rinib turgandi.

Shu bois shaxsan men uchun ular AQSH terma jamoasidan boshqa hech kimdan qolishmasdi, garchi a’zolarining reytingi baland bo‘lmasa-da. Besh nafar amerikaliklar uch nafari musobaqaga yuqori formada kelmagani ko‘rinib qoldi.

Shu tariqa raqobatchilar u qadar ko‘p emas edi, buning ustiga hech kim yorqin ko‘rinmadi. Masalan, o‘zim O‘zbekistonning g‘alabasini Olimpiada tugashiga to‘rt tur qolganda bashorat qilgandim: ozgina omad va O‘zbekiston haqiqatda chempionga aylandi. Bu juda ulkan va munosib g‘alaba!

Nodirbek Abdusattorov borasida

Nodirbek allaqachon super yulduzga aylangan. Eslatib o‘taman, u 2021-yilning oxirida Karlsen, Nepomnyashiy va barcha-barchani ortda qoldirib, rapid bo‘yicha chempionga aylangandi. Yosh avlod yetakchilarini ajratib ko‘rsatadigan bo‘lsak, u Olimpiadadagi mutlaq eng yaxshi natijani namoyish qildi. Yana Gukesh Dommarajani ham unutmaslik kerak.

Emil Sutovskiy, FIDE bosh direktori

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindistonda o‘tgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 11 turda 19 ochko to‘plab (8 g‘alaba, 3 durang), oltin medalga ega chiqdi. Mazkur musobaqada o‘zbekistonliklar mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘ldi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi