“Real” prezidenti Florentino Peres hujumchi Krishtianu Ronalduni ortga qaytarish niyatida emas, deya xabar qilmoqda Marca.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Real” muxlislari Peresdan portugaliyalikni ortga qaytarishni so‘rayotgani tasvirlangan video tarqaldi.
Avvaliga Peres muxlislar kimni so‘rayotganini tushunmadi. “Kimni?” — deya ishqibozlarga yuzlandi funksioner.
Aniqlik kiritgandan keyin tabassum bilan shunday dedi: “Krishtianu? Yana? 38 yoshda-ya?”.
Kelasi yilning fevralida 38 yoshni qarshi oladigan Ronaldu ayni vaqtda “Manchester Yunayted” o‘yinchisi hisoblanadi.
Avvalroq futbolchi mavsumlar oralig‘ida jamoani tark etmoqchi bo‘lgani xabar qilingandi.
Izoh (0)