Futbol bo‘yicha 2022-yilgi Jahon Chempionatining ochilish o‘yini surildi.
FIFA chempionat ochilishini 21-noyabrdan 20-noyabrga ko‘chirishga ruxsat berdi. Bu musobaqa mezboni Qatar ochilish o‘yinida ishtirok etishi uchun qilindi.
Shu tariqa Qatar va Ekvador terma jamoalari o‘rtasidagi ochilish o‘yini 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.
A guruhning boshqa bir o‘yin Senegal — Niderlandiya 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Biroq o‘yin endi 15:00 da emas, 21:00 da start oladi.
Izoh (0)