So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Biznes

    O‘zbekistonda yana milliy ijtimoiy tarmoq paydo bo‘ladi. Oldingi 32 ta urinish bilan nima bo‘ldi?

    08.08.2022, 23:46 14487

    O‘zbekistonda milliy ijtimoiy tarmoq yaratish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi. Bu kelajakda o‘zini oqlay oladigan innovatsion loyiha bo‘lishi kerak.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Daryo”ning hisob-kitoblariga ko‘ra, so‘nggi 15 yil ichida O‘zbekistonda 32 ta milliy ijtimoiy tarmoq yaratilgan. 2022-yilga kelib ularning barchasi yopildi.

    Loyihalarning aksariyati muvaffaqiyatli xorijiy kompaniyalarning nusxalari edi:

    • UzFace, YouFace — Facebook nusxalari.
    • “Drug.uz” — “VKontakte” nusxasi.
    • “Bamboo.uz” – Twitter nusxasi.
    • “Sinfdosh.uz” — “Odnoklassniki” nusxasi.

    Tematik loyihalarni yaratishga ham urinishlar bo‘lgan edi:

    • “Fotolife.uz” — fotograflar uchun ijtimoiy tarmoq.
    • “Mamapapa.uz”— ota-onalar uchun ijtimoiy tarmoq.

    Milliy ijtimoiy tarmoqni xususiy ham, davlat kompaniyalari ham yaratishga harakat qilishdi.

    Masalan, 2016-yilda Uzinfocom markazi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida “Davra.uz” saytini ishlab chiqdi. Sayt hali ham rasmiy ravishda bor, ammo tarmoq ko‘p yillardan beri ishlamayapti. Bundan oldinroq, 2009-yilda “Doira.uz” ochilgan edi. U ham bir necha yil o‘tib yopildi.

    Muvaffaqiyatli loyihalardan biri “Muloqot” ijtimoiy tarmoq edi. U deyarli 7 yil ishlab, 2018-yilda yopildi.

    Nima uchun loyihalarning hech biri muvaffaqiyatli bo‘lmadi?

    Dunyoning deyarli har bir davlati milliy ijtimoiy tarmoq yaratishga harakat qilgan, biroq faqat bir nechtasi muvaffaqiyat qozongan.

    Masalan, Rossiyada Facebook uzoq vaqt davomida saytni rus tiliga tarjima qilmagani sabab “VKontakte” asosiy ijtimoiy tarmoqqa aylana oldi.

    Xitoyda xorijiy ijtimoiy tarmoqlar bloklangani sabab Weibo asosiy ijtimoiy tarmoqqa aylandi.

    Boshqa barcha urinishlar muvaffaqiyatsiz tugadi. Sababi oddiy — Facebook, Instagram va TikTok butun bozorni egallab bo‘lgan. Milliy ijtimoiy tarmoqlarda esa taklif qiladigan hech narsa yo‘q.

    Hatto dunyodagi eng boy va yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan Google ijtimoiy tarmoq yaratishga bir necha bor urinib ko‘rdi, ammo muvaffaqiyatga erisha olmadi (Google Plus, Orkut va boshqalar tezda yopildi).

    “Daryo” suhbatlashgan mutaxassislarga ko‘ra, hozirda bunday saytlarga bo‘lgan ehtiyoj ancha kamaygan – odamlarga asosiy (masalan, Instagram) va qandaydir ikkilamchi (masalan, Facebook yoki TikTok) ijtimoiy tarmoqni o‘zi yetarli. Aholi qanaqadir yana boshqa tarmoqdan foydalanishini tasavvur qilish qiyin.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” o‘zida “Nottingem Forest”ni mag‘lub etdi, “Manchester Yunayted” safarda minimal hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Bugun, 02:15

    A Seriya. “Milan” Verona klubi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi, “Yuventus” 6 ta gol urilgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Bugun, 01:23

    Bundesliga. “Bavariya” raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi, “Borussiya D” Roysning yagona goli evaziga “Volfsburg”ni mag‘lub etdi (video)

    Bugun, 01:06

    La Liga. “Barselona” “Selta”ga qarshi bahsda superkambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi (video)

    Kecha, 23:29

    Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

    Kecha, 22:33

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    Kecha, 22:25

    Captiva-2024 narxlari haqida tarqalgan maʼlumotlar soxta ekani maʼlum bo‘ldi

    Kecha, 22:20

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    Kecha, 22:09

    Superliga. “Andijon” Vodiy derbisida “Navbahor”ni mag‘lub etdi, “OKMK” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berdi

    Kecha, 21:54

    O‘zbekistonda kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

    Kecha, 21:38

    Tavsiya etamiz

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    22:00 / 23.09.2023

    “Dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emas” — Elmira Bositxonova Chustdagi voqea haqida

    13:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    12:00 / 23.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. “An-Nassr” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ahli” ustidan g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl (video)

    01:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    19:00 / 23.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?