Milliarder Uorren Baffet tomonidan boshqariladigan Berkshire Hathaway investitsiya kompaniyasi ikkinchi chorakni 43,8 milliard dollarlik sof zarar bilan yakunladi.
Berkshire Hathaway may oyida Forbes tomonidan dunyodagi eng yirik ochiq kompaniya deb e’lon qilingan edi.
Kompaniya zarar ko‘rishining asosiy sababi bozordagi umumiy pasayish bo‘ldi. Shu tariqa, S&P 500 indeksi joriy chorakda 16 foizga, Berkshire muhim ulushga ega bo‘lgan Apple, Bank of America va American Express kabi kompaniyalarning aksiyalari esa chorakda 21 foizdan ko‘proqqa arzonlashdi.
Buning oqibatida Berkshire Hathaway investitsiyalar va derivativlardan 53 milliard dollar yo‘qotdi.
Investitsiya kompaniyasi Uorren Baffetning “Bozor tushganda sotib ol” asosiy tamoyiliga amal qilishda davom etmoqda.
Berkshire qimmatli qog‘ozlarga sarmoyasini sezilarli darajada oshirdi. Chorak yakuniga ko‘ra, kompaniya aktivlarini sotib olish ularning sotuvidan 45,2 milliard dollarga oshib ketdi.