Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi uy kimoshdi savdosiga qo‘yilgan edi. “E-auksion” portalidan ma’lum bo‘lishicha hovli sotildi.
Lot auksionga fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hukmi bilan Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani MIB tomonidan joylashtirilgan edi. 2013-yilda qurilgan 2 qavatli uy 6 xonadan iborat.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,03 gektar. Binoning maydoni — 300 kvadrat metr. Hovlida gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.
Auksionga qo‘yilgan hovlining boshlang‘ich bahosi — 3,1 mlrd so‘m ed. 5-avgust kuni bo‘lib o‘tgan savdoda 3,16 mlrd yagon narx taklif qilindi va hovli sotildi.
Kimoshdi savdosi g‘olibi sifatida Zebuniso Abduqodirova ko‘rsatilgan.
Avvalroq Toshkent viloyatidagi “Piramida” dam olish maskani 208 mlrd so‘mga sotilgan edi.