“Farg‘onaazot”ning 99,02 foiz aksiyalar paketini sotib olish uchun 10 nafar xalqaro investor ariza berdi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar bermoqda.
Ushbu xalqaro investorlar Amerika, Osiyo va Yevropa mamlakatlaridan.
Aktivni xususiylashtirish jarayonlarida “Deloitte” kompaniyasi yetakchi maslahatchi hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi strategik maslahatchi sifatida jalb etilgan.
Ariza topshirgan talabgorlardan 5 tasi dastlabki saralash bosqichi uchun to‘liq hujjatlar to‘plamini taqdim etgan.
Ulardan biri dastlabki saralash bosqichining talablariga mos kelmagani sabab xususiylashtirish jarayonlarining navbatdagi bosqichiga o‘tkazilmadi.
Avvalroq Xalqaro moliya korporatsiyasi “Farg‘onaazot”ni xususiylashtirishga yordam berishi haqida xabar berilgandi.