Xitoyning Britaniyadagi elchisi britaniyalik siyosatchilarni “AQSH nog‘orasiga raqsga tushmaslikka” chaqirdi va parlament a’zolari agarda Tayvanga kelsa, “og‘ir oqibatlarga” duchor bo‘lishiga va’da berdi, — deb yozadi The Guardian.
Londonda uyushtirilgan matbuot anjumanida so‘zga chiqqan Xitoy elchisi Cheng Szeguang ham Britaniya hukumatiga 1972-yilda elchi almashishni boshlagan ikki davlat o‘rtasida imzolangan mushtarak bildirishnomani eslatdi.
Avvalroq Xitoyning BMTdagi doimiy vakili Chan Jun AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga ehtimoliy safari Pekin va Vashington munosabatlariga putur yetkazishidan ogohlantirgan edi.
Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi, Pelosining Tayvanga tashrif buyurish huquqi borligini aytgandi, biroq unda bu rejalar bo‘lganini tasdiqlamadi.
Mavzuga doir: Nensi Pelosi Tayvan parlamentiga tashrif buyurdi va ma’muriyat rahbari bilan uchrashdi
Izoh (0)