Rossiya Markaziy banki naqd xorijiy valyutani yechib olish bo‘yicha cheklovlarni yana olti oyga, 2023-yilning 9-martigacha uzaytirdi. Bu haqda regulyator xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, kelasi yilning mart oyigacha 10 ming dollar yoki yevrodagi naqd xorijiy valyutani hisob yoki depozitdan yechib olishning amaldagi chegarasi saqlab qolinadi.
2022-yil 9-martdan boshlab ushbu imkoniyatdan foydalanishga ulgurmagan fuqarolar faqat 2022-yil 9-martgacha hisob raqamiga yoki depozitga tushgan xorijiy valyutadagi pul mablag‘larini yechib olishlari mumkin.
Qolgan mablag‘larni yechib olingan kundagi bozor kursi bo‘yicha rublda olish mumkin. Chet el valyutasini chiqarish depozit yoki hisob valyutasidan qat’i nazar, dollar yoki yevroda amalga oshiriladi.
Rossiya banki Rossiya moliya institutlariga G‘arb davlatlarida naqd pul olishni taqiqlovchi Rossiyaga qarshi amaldagi sanksiyalar munosabati bilan naqd pulga nisbatan shu va boshqa cheklovlarni saqlab qolishga majbur, — deya tushuntirdi Rossiya Markaziy banki.
Bundan tashqari, 2023-yil 9-martgacha xorijiy valyutani sotib olish bo‘yicha cheklovlar o‘z kuchida qoladi: banklar faqat 2022-yil 9-apreldan keyin o‘z kassalariga tushgan yevro va dollarlarni fuqarolarga sotishi mumkin.
Boshqa xorijiy valyutalarni sotishda hech qanday cheklovlar yo‘q.
Shuningdek, mahalliy kompaniyalar uchun yana olti oyga, 2022-yil 9-sentabrdan 2023-yil 9-martigacha sayohat xarajatlari uchun xorijiy valyutani olish bo‘yicha cheklovlar uzaytirildi — 5 ming dollar yoki yevrodan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
Izoh (0)