So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12305.17
    • RUB 131.98
    • EUR 13278.51
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +3°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Aleksandr Vuchich xalqaro hamjamiyatdan Kosovodagi nizoni to‘xtatishni so‘radi

    01.08.2022, 11:30 10454

    Serbiya dunyo hamjamiyati vakillariga murojaat qilib, qisman tan olingan Kosovo respublikasi bilan nizoni to‘xtatishni so‘radi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich Kosovo-Serbiya chegarasidagi vaziyat keskinlashishi tufayli Serbiya Qurolli kuchlari Bosh shtabida bo‘lib o‘tgan shoshilinch yig‘ilish yakunlari bo‘yicha aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    “Biz barcha xalqaro vakillardan bor imkoniyatni ishga solishni so‘radik. Muloqot davom etishi va biz masalani tinch yo‘l bilan hal qilishga intilishimiz muhimdir. Bizda yaxshi yangiliklar bo‘lishiga ishonaman, bularning barchasi bugun kechqurun bo‘lmasa-da, ertaga tugashiga umid qilaman… Ular qilgan narsalarning barchasi Serbiyaga hujum qanchalik oldindan o‘ylanganligini ko‘rsatmoqda”, — dedi u.

    Vuchich Bosh shtabga 31-iyul kuni kechqurun Prishtina bilan nizo kuchayishi fonida kelgandi.

    Serbiya va Kosovo chegarasidagi vaziyat shu kuni kechqurun keskinlasha boshladi. Bunga qisman tan olingan davlat hukumatining serblarga respublikaga kirishda chegarani bosib o‘tganlik haqida vaqtinchalik hujjat olish majburiyatini yuklash qarori sabab bo‘ldi. Serbiya hujjatlari 1-avgustdan amal qilishdan to‘xtashi rejalashtirilgan edi. Prishtina shu tariqa Belgradga javob qilayotganini qayd etdi, u esa Kosovoda berilgan guvohnomalarni tan olishdan bosh tortmoqda.

    Keyinroq Kosovska-Mitrovitsa shahrining janubiy qismida, shaharni ajratib turuvchi ko‘prik ortida 200 ga yaqin albanlar to‘plandi. Serblar bunga javoban barrikadalar qura boshladi. Shu kuni kechki payt shaharning shimoliy qismida sirenalar chalindi. Chegaradan o‘tish joylariga esa Kosovo maxsus kuchlari joylashtirildi. O‘shanda Vuchich Prishtina Kosovo serblariga qarshi operatsiya tayyorlayotganini, u yarim tunga yaqin boshlanishini taxmin qildi.

    Kosovo hukumati politsiyani va boshqa maxsus bo‘linmalarni safarbar qildi. OAVlarga ko‘ra, Prishtinadan respublikaning shimoliy tumanlariga qarab milliy politsiya maxsus bo‘linmalari suv zambaraklari bilan yo‘lga chiqqan, ularga tez yordam brigadalari hamrohlik qilgan.

    Ayni vaqtda Serbiya Mudofaa vazirligi o‘zining Kosovo shimolidagi voqealarda ishtirok etayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi va dezinformatsiyaga ishonmaslikni so‘radi.

    Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Prishtinaning xatti-harakatlarini qoralab, unga AQSH va Yevroittifoq homiylik qilayotganini qayd etdi.

    Avvalroq Kosovo hukumati Serbiya bilan chegarada vaziyatning keskinlashuviga sabab bo‘lgan, qisman tan olingan respublika hududida serb hujjatlarining amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishini 1-sentabrgacha kechiktirish haqidagi qarorini e’lon qildi.

    Mavzuga doir:

    • Yevroittifoqqa qo‘shilish uchun nomzod mamlakatlar soni 7 ta bo‘ldi
    • “Odamlar voqelik shunchalar dahshatli bo‘la olishiga ishonishdan bosh tortardi”. Jurnalist Miryana Tomich 30 yil avval o‘zi yoritgan Yugoslaviya urushi haqida
    • Rossiyaning Kosovodagi BMT missiyasi diplomati persona non grata deb e’lon qilindi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Chirchiqda “otopleniye” qo‘shilgani bois xonadonlarni suv bosgani xabar berilgandi. Hokim, prokuror va deputat suv bosgan xonadonlarga bordi

    Bugun, 00:19

    Qozog‘iston G‘azo sektoriga 38 tonna gumanitar yordam yubordi (foto)

    Kecha, 23:59

    APL. “Tottenhem” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Nyukasl” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Kecha, 23:38

    Surxondaryoliklarning respublika tashkilotlariga murojaatlari o‘tgan 2022-yilga nisbatan 26 mingtaga kamaygan

    Kecha, 23:31

    Bryanskdagi maktabda otishma uyushtirgan qizning otasi ikki oyga qamaldi

    Kecha, 23:15

    Andijon hokimi dam olish kuni yig‘ilish o‘tkazib, Izboskan tumani hokimini ishdan oldi

    Kecha, 22:56

    Instagram: Azoda turmushga chiqdi, Mavluda Asalxo‘jayeva nevarali bo‘ldi, Dilfuza Ismoilova san’atkor dugonasiga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi

    Kecha, 22:40

    Hududiy kelishmovchilik: Venesuela va Gayana prezidentlari uchrashadi

    Kecha, 22:36

    “Granada” va “Atletik” o‘rtasidagi bahs tribunadagi muxlisning ahvoli yomonlashgani tufayli to‘xtatildi

    Kecha, 22:16

    Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiyoti taqqoslandi. Kimniki kuchli?

    Kecha, 21:55

    Tavsiya etamiz

    Surxondaryoliklarning respublika tashkilotlariga murojaatlari o‘tgan 2022-yilga nisbatan 26 mingtaga kamaygan

    23:00 / 10.12.2023

    “Jadidchilik ham maorif, ham davlatchilik va so‘z erkinligi edi”. Xorijlik jadidshunos olimlar bilan suhbat

    18:00 / 10.12.2023

    Akula hujumidan halok bo‘lgan sayyoh, polda yotgan yaradorlar, bitiruv marosimidagi itlar — hafta suratlari

    22:00 / 09.12.2023

    Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiyoti taqqoslandi. Kimniki kuchli?

    21:00 / 10.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.