Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyati Zangiota tumanida sug‘oriladigan yerni 200 000 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan Toshkent shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro J.U. Zangiota tumani “Ilg‘or” MFY hududida davlat zaxirasida bo‘lgan 0,5 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 200 000 dollarga sotishini aytib, tegishli hujjatlarni tuman yer kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berishini bildirgan. Evaziga oldindan 40 000 dollarini fuqaro X.dan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Kripto
Bir haftada Binance kriptobirjasidan 2 mlrd dollardan oshiq mablag‘ chiqib ketdi