Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida 25 yoshli fuqaroga tug‘ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tuman adliya bo‘limiga fuqaro T.G. 2022-yil yanvar oyida farzandiga tug‘ilganlik haqida guvohnoma olishda amaliy yordam berilishi yuzasidan murojaat qilgan. U 1997-yil 6-sentabr kuni Qozog‘istonning Sariag‘ash viloyati Turkiston tumanidagi tug‘uruq majmuasida qiz farzandli bo‘lgani ma’lum qilingan.
Turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchiliklar sababli farzandiga tug‘ilganlik haqida guvohnomasi olmagani va O‘zbekistonda o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarda kamchiliklar bo‘lgani tufayli shu kunga qadar farzandiga tug‘ilganlik haqida guvohnomasi olmaganini bildirgan.
Murojaatni o‘rganish davomida tuman adliya bo‘limi fuqarolik holatlarni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan fuqaro Qozog‘istonning Saragash viloyati Turkiston tumanidagi tug‘uruq majmuasida tuqqani va farzandi shu kunga qadar tug‘ilganlik haqida guvohnoma olmagani yuzasidan tegishli ma’lumotlar olinib, 27-iyul kuni fuqaroning farzandiga guvohnoma topshirildi.
Izoh (0)