• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘n ikki yildan beri aliment to‘lamay kelgan buxorolik otaga qidiruv e’lon qilinadigan bo‘ldi

    “Daryo”ga murojaat qilgan buxorolik ayol Dilorom Jo‘rayeva 2014-yildan buyon farzandi ta’minoti uchun olishi lozim bo‘lgan aliment pullari miqdori 82 milliondan ortgani, ammo MIBning Buxoro shahar bo‘limi ijrochisi pullarini undirib bermayotganini aytdi. “Daryo” muxbiri murojaatni o‘rgandi.

    “Ikki nafar o‘g‘lim bor. 2013-yil oxirlarida turmush o‘rtog‘im bilan ajrashdik. 2014-yilda farzandlarimga aliment undiruv uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudiga ariza bilan murojaat qilganman. Unga asosan, ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarim ta’minoti uchun turmush o‘rtog‘imning oylik daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirilishi to‘g‘risida sud buyrug‘i chiqdi. Biroq, hech qanday undiruv amalga oshirib berilmadi. Haligacha paysalga solib kelinmoqda”, — deydi murojaatchi ayol.

    Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Ixtiyor Olimovning so‘ziga ko‘ra, fuqaro Dilorom Jo‘rayeva 2014-yilda ikki nafar farzandi ta’minoti uchun sobiq turmush o‘rtog‘i Feruz Boboqulovdan aliment undirish bo‘yicha Sud ijro departamentiga murojaat qilgan, MIB tomonidan esa 2017-yildan beri barcha ijro ishlari hujjatlari birma-bir inventarizatsiyadan o‘tkazilmoqda.

    “To‘g‘risi, sud ijro departamenti faoliyati davrida qilingan ushbu murojaat haqiqatan ham e’tibordan chetda qolgan. Ya’ni, Majburiy ijro byurosi o‘z faoliyatini 2017-yilda boshlagan. Aliment undiruvchi shaxs esa o‘z arizasini 2014-yilda sud ijro departamentiga yozgan. Murojaatning elektron emas, hujjatlar shaklida o‘tgani bois, bu borada kamchiliklar uchragan va ular bartaraf etilmoqda. Bundan tashqari, aliment undirish uchun fuqaro Feruz Boboqulov shaxsiy biometrik pasportini rasmiylashtirmagani uchun unga nisbatan ‘MIB portal’ elektron dasturi orqali qidiruv e’lon qilish imkoniyati ham mavjud emas”, — deydi Ixtiyor Olimov.

    “Daryo” muxbiri Dilorom Jo‘rayeva bilan telefon orqali muloqotda bo‘lib, qarzdorning  Moskva viloyati, Lenin rayoni, Vidnoye shahrida ishlab kelayotganiga oydinlik kiritgan.

    “Sobiq turmush o‘rtog‘im yashayotgan ushbu manzilni ham, uning telefon raqamini ham MIBga ma’lum qilganman. U bilan bir necha bor bog‘lanishgan, manziliga aniqlik kiritishgan, ammo aliment undiruv uchun qidiruvga berilishi kerak ekan, qidiruvga berish uchun esa erimning biometrik pasportida muammo borligini takrorlashmoqda. Nahotki, hujjatlarni rasmiylashtirish yoxud qarzdordan qarzni majburiy undirish o‘n yildan ortiq vaqt talab qilsa”, — deydi Dilorom Jo‘rayeva.

    MIBning Buxoro shahar bo‘limi davlat ijrochisi Halimjon Jamolov mazkur ijro hujjati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasiga muvofiq, ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi pochta aloqa bo‘limi orqali taraflarga yuborilganini bildirgan.

    “Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan qarzdor Feruz Boboqulovning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan. Shuningdek, uning yashash manzilini ko‘zdan kechirish maqsadida bir necha bor ota-onasining yashash manziliga borilganda, qarzdor taxminan 2009-yilda Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida ketgani aniqlandi. Hozirda esa u O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasportiga ham ega emas. Doimiy ro‘yxatda turish manzili yo‘qligi bois  elektron dastur orqali ham qidiruv e’lon qilish imkoniyati bo‘lmayapti. Agar qarzdor ushbu muammosini hal etmasa, qonunning 421-moddasiga asosan, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilib, qidiruv e’lon qilish tartibi belgilanadi”, — deydi Halimjon Jamolov.

    12 yildan buyon har xil vajlar bilan e’tibordan chetda qolib kelayotgan holat sobiq er-xotin o‘rtasida yanada chigal muammolarning avj olishiga turtki bo‘lgan.

    Dilorom Jo‘rayeva 13 yillik turmushi davomida oilada farog‘at topmagani, turmush o‘rtog‘i va uning oilasidagilar og‘ir vaziyatlarda qolganda, ular uchun o‘z imzosi bilan boshqalardan yirik miqdorda qarz olgani, uni to‘lash uchun xorijga ishlash uchun jo‘nab ketishga majbur bo‘lgani va bu qarzlarni ham o‘zi ishlab, qaytarganini bildirgan.

    “Kenja farzandimni onamning qaramog‘iga qoldirib, 2001-yilda tug‘ilgan to‘ng‘ichim bilan Rossiyaga kelib, ishlashga majbur bo‘ldim. Bu davrda o‘g‘lim voyaga yetdi. Barkamol bo‘ldi. Kuch-quvvatga to‘lib, 21 yoshni qarshiladi. O‘zini o‘zi eplaydi. Hatto otasining ta’minotiga muhtoj emasligini bildirib, uning alimentidan voz kechdi. Lekin men kenjamning kelajak ta’minoti uchun otasidan aliment pulini undirishga haqliman. Ota esa o‘z hayoti bilan band, farzandlarining taqdiri uni qiziqtirmay qo‘ygan”, — deydi ayol.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan Feruz Boboqulov esa sobiq turmush o‘rtog‘ining yolg‘on gapirayotganini, aliment to‘lovi haqida uni hech kim ogohlantirmagani va bu haqda endi eshitayotganini bildirgan.

    “Qo‘ni-qo‘shnilardan men yoki ota-onam uchun emas, o‘z ehtiyojlari uchun katta miqdorda qarz olgan. O‘z chiqimlari uchun olib, aybni bizga yuklayapti, u avvaldan pulni yaxshi ko‘rgan. Farzandlarim masalasiga keladigan bo‘lsak, o‘zidan ham azbaroyi farzandlarim uchun qo‘ng‘iroq qilib, hol-ahvol so‘rab turaman. Aliment to‘lamagan bo‘lmasam ham, ularga iqtisodiy ko‘mak berib kelganman. Katta o‘g‘lim esa doim o‘zim bilan. Onasi farzandiga qaramaydi. Moskvaga kelganidan buyon o‘g‘lim men bilan, ishini topib beraman, joyini topib beraman, kasal bo‘lsa, shifokorga oboraman. Bu yordam emasmi? Yana nima qilishim kerak? O‘g‘lim bilan boshqa-boshqa joyda ishlasak ham, onasi emas, o‘zim xabardorman doim. Onasi nima qilyapti ekan?” — deydi ota.

    Feruz Boboqulovning so‘ziga ko‘ra, bir oy avval MIB ijrochisi unga qo‘ng‘iroq qilib, aliment qarzdorligi 82 million so‘mdan oshgani haqida bildirgan.

    “Men tushunmayapman, qaysi jarayon orqali menga shuncha katta miqdorda aliment qarzdorligi chiqqan? Shu menga qiziq”, — deydi u.

    “Ikki farzand uchun 12 yildan buyon aliment undiruvi amalga oshirilmagan. Katta farzand esa o‘z xohishi bilan alimentdan voz kechgan. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 140-moddasiga ko‘ra, agar aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs aliment qarzlari hisoblanayotgan davrda ishlamagan bo‘lsa yoki uning ish haqi va daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtdagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Shunga asosan, 2014 yil 3-noyabrdan 2022-yil 1-iyunga qadar bo‘lgan davr uchun ushbu qarzdorlik 82 million 64 ming 508 so‘m deb hisoblangan”, — dedi Halimjon Jamolov.

    Ma’lum bo‘lishicha, qarzdor bilan Telegram messenjeri orqali gaplashilganda, uning bir necha bor biometrik pasport olish maqsadida tegishli tartibda elchixonaga qilgan murojaati samarasiz bo‘lgani, aliment qarzdorligini bir martaga to‘liq to‘lay olmasligini, imkon berilsa, oz-oz miqdorda to‘lab berishini bildirgan. Hozirda to‘ng‘ich farzandi u bilan birga ekanligini aytgan.

    “Yo‘q. Men har doim onajonimning yonidaman va uning xabardori faqat o‘zimman. O‘z otam haqida salbiy munosabat bildirmoqchi emasman, ammo meni bir necha yillar oldin yonidan haydab yuborgan. Ammo onajonim va ukam uchun sabr bilan o‘z nonimni o‘zim topishni, mehnat qilishni o‘rgandim. Tengdoshlarim to‘p tepib ulg‘ayib o‘sgan o‘smirlik davrida men sovuqlarda mehnat qilib katta bo‘ldim. Yo‘limni topdim. Biroq otamning men uchun aliment to‘lovidan kechdim. To‘g‘rirog‘i, kerak emas menga, muhtoj emasman. Ukamning ta’minoti uchun esa otam aliment to‘lovini to‘lashga majbur. Buni talab qilishga esa onamning haqi bor”, — deydi “Daryo” muxbiri bilan telefon orqali suhbatlashgan o‘g‘il.

    MIB ijrochisi qarzdorni qidiruv masalasida respublikaga xat bilan chiqilgani, tez kunda qarzdorga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, qonuniy jazo choralari qo‘llanishini bildirgan.

    28.07.2022, 16:37   Izoh (0)   9528
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi 7 ta avtobus yo‘nalishiga vaqtinchalik o‘zgartirish kiritiladi

    28.07.2022, 16:28

    Toshkentda Labo yukxonasida cho‘milgan yigit 10 sutkaga qamaldi (video)

    28.07.2022, 16:20

    Toshkent viloyatida noyob o‘simlik turi topildi

    28.07.2022, 16:16

    Toshkent viloyatidagi bozorda pattachi va sotuvchi ayol janjallashdi (video)

    28.07.2022, 15:27

    Shavkat Mirziyoyev Turkiya ichki ishlar vazirini qabul qildi

    28.07.2022, 15:18

    Jonatan Henik AQSHning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tasdiqlandi

    28.07.2022, 15:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Falastin tufayli London bilan hamkorlikni to‘xtatishi mumkin — Times

    Dunyo | 8 avgust, 19:00

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Yuzdagi charchoqni kosmetika bilan yashirish bo‘yicha mashhur ayollardan layfxaklar

    Shou-biznes | 8 avgust, 18:50

    Farg‘onada 17 yoshli qizga shilqimlik qilgan mahalla raisiga 4 sutka berildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:40

    Muhammad alayhissalom dunyo hukmdorlariga yo‘llagan maktublar nusxasi Toshkentdagi ekspozitsiyadan joy oladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:25

    Qo‘qon shahrida aliment to‘lamay yurgan onadan qarzdorlik sud orqali undirildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:55

    Tarvuz va qovun kabi poliz ekinlari kichik yoshdagi bolalar uchun qanchalik xavfli?

    Farzand | 8 avgust, 17:40

    Charlz Oliveyra Topuriya bilan jangdagi mag‘lubiyatini tan oldi: “U mendan yaxshiroq edi”

    Sport | 8 avgust, 17:30

    Xitoyda chivin tarqatayotgan virus Tayvanda ham aniqlandi

    Dunyo | 8 avgust, 17:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.