• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonlik tadbirkor nega o‘z joniga qasd qildi? Marhumning yaqinlari voqeaga aniqlik kiritdi (video)

    Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida “Bo‘z Iqbol chorvasi” MCHJ rahbari N.S. joriy yilning 23-iyun kuni “Buyuk turon chorvasi” fermer xo‘jaligi dala maydonidagi daraxtga arqon bilan o‘zini osib, vafot etgani haqida xabar berilgandi.

    “Daryo” muxbiri hodisa sabablarini o‘rganish maqsadida Bo‘ston tumanida bo‘lib, marhumning singlisi, jamiyat ta’sischisi Nargizaxon Sattarova bilan suhbatlashdi.

    Marhumning singlisi Nargizaxon Sattarovaning aytishicha, u bir necha yil avval akasi bilan biznes hamkor sifatida ish boshlagan. U “Bo‘z Iqbol chorvasi” MCHJning ta’sischisi sifatida, marhum akasi esa jamiyat rahbari sifatida faoliyat yuritgan. 2021-yilning noyabr oyidan buyon jamiyat davlat maktabgacha tashkilotlarining oziq-ovqat ta’minotchisi hisoblangan.

    Marhum onasi bilan.

    Marhum onasi bilan.
    Foto: Nargizaxon Sattarovaning shaxsiy arxividan

    “Akam bilan besh-olti yildan buyon biznes hamkor sifatida ish yuritib kelardik. Ikkimizning maishiy texnikalar sotiladigan savdo do‘konimiz bor. Shu do‘kon orqali ro‘zg‘or tebratardik. 2021-yilning noyabr oyida akam maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha shartnoma qilganini aytdi. Men ‘Shu ishni bekor qilibsiz, pullarini vaqtida tushirib bermaydi’, dedim. U esa ‘Yo‘q hamma to‘lovlar vaqtida bo‘larkan’, deb ishlarni boshladi. O‘zimizning fermadan yangi sut mahsulotlari, qo‘shnimizning qolipli non ishlab chiqarish sexidan non va jahon bozoridan eng yaxshi mahsulotlarni olib kelib tashkilotlarga tarqatardik. Bu ishga juda katta pul tikkan edi.

    Akam ta’minotchi sifatida yetti oy ishladi. Shu vaqt ichida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan yetkazib berilgan mahsulotlar uchun uch yoki to‘rt oygina to‘liq pul o‘tkazib berildi, xolos. Shu ishni boshlagandan beri hali foyda ko‘rmagan edi. Bog‘chalarning qarzi borgan sari ortib bordi. Shunda bu ishni tugatishimiz kerakligini aytdim. Akam esa ta’minotchilikni birdaniga to‘xtatsak MTTlardan haqimizni ololmay qolishimizni bildirdi”, — deydi Nargizaxon Sattarova.

    Sattarovaning ma’lum qilishicha, bog‘cha mudiralari do‘kondan o‘z ehtiyojlari uchun ham xaridlar qilib, qarzlarini o‘z vaqtida qaytarishni istashmagan.

    “Bundan tashqari maktabgacha ta’lim muassasasi xo‘jalik mudirlari shaxsiy ehtiyojlari uchun ham do‘kondan mahsulot xarid qilib muassasa nomidagi qarzlarga qo‘shimcha yozdirib ketishni o‘rganib olgan ekan. Akam bunday noma’qulchiliklarni hazm qilolmadi. Akam vafotigacha bo‘lgan muddatda hech bir bog‘chaga borib qarzini berishlarini so‘rab oyoq tirab olmagandi. Bundan tashqari akam Asror ismli shaxsdan 1500 dollar qarz bo‘lib qolgan. Shu yigit akamning o‘limidan bir kun avval uyga ikki marta o‘sha pulni so‘rab kelgan ekan. Yana bir yigitda esa akamning 20 ming dollar haqi bo‘lgan, u pulni bermay qochib yurgan. Bir tarafdan shu muammolar, bir tarafdan maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi holatlar akamni ancha o‘ylantirib qo‘ygan.

    Men 11-iyun kuni Rossiyaga ketgan edim. 28-iyun kuni O‘zbekistonga qaytishim kerak edi. Bu xabarni eshitdim-u uyga kelib akam o‘z joniga qasd qiladigan odam emas edi-ku, deb so‘raganimda menga shu ishlarni sabab qilib ko‘rsatishdi. O‘sha kuni 1500 dollarni oldim-u akam qarz bo‘lib qolgan yigitning uyiga olib borib berdim. Keyin MTB mudiralari oldiga borib qarzdorliklari bo‘yicha barcha hujjatlarni ko‘rsatdim. Ularning aytishicha, biz mahsulot narxlarini sun’iy ravishda oshirib olibmiz. Shuning uchun ular bu pullarni hali beri to‘lamoqchi emas ekan”, — deydi marhumning singlisi.

    Nargiza opaning ta’kidlashicha, bog‘chalarning marhumdan 600 million so‘mdan ortiq qarzi bo‘lgan. Mablag‘larning qaytarilishidan umidini uzgan akasi do‘konda ish to‘xtab qolmasligi uchun bankdan kredit olgan.

    “Menda barcha hujjatlar bor. Bozorda go‘sht narxi 70 ming so‘m bo‘lganda MTTlarga 65 ming so‘mdan tarqatganmiz. Umuman olganda barcha mahsulotlarni juda arzon narxlarda berardik. Mana akam vafot etganiga bir oydan oshdi. Lekin biz bilan hamkorlik qilgan tashkilot mudiralarning birortasi ham xonadonimizga hamdardlik bildirish uchun kelmadi. Shu kunga qadar 30 ta maktabgacha ta’lim muassasasidan faqatgina 4 tasi qarzlarini olib kelib berdi. MTTlarning jami qarzi 600 millionga yaqin edi. Akam pullar unmagach, ta’minot to‘xtab qolmasin, deb bankdan kredit ham olgan ekan. Bu ishlardan mening maqsadim faqatgina akamni pullarini undirib olish emas. Bundan keyin shunday muammolar ortidan hech bir ta’minotchi tadbirkor o‘z joniga qasd qilmasin, ziyon ko‘rmasin. Akamning to‘rtta farzandi yetim bo‘lib qoldi. Ular hech nimadan kam bo‘lmay o‘sadi. Ammo ota mehrini kimdan ko‘radi, akamning o‘rnini hech kim bosa olmaydi, axir”, — deydi tadbirkor Nargizaxon Sattarova.

    Tadbirkor ayol ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan ham o‘z munosabatini bildirgan

    “Kecha ijtimoiy tarmoqlarda meni vafot etdi, deb yolg‘on xabarlar tarqatishibdi, ko‘rib turibsiz men tirikman. Vafot etgan mening akam hisoblanadi. Noto‘g‘ri ma’lumot tarqatganlar qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilmoqchiman. Nahotki, xabar tayyorlayotganlar ma’lumotlarni tekshirmasdan chiqarishsa”, — deydi tadbirkor.

    Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva ushbu holat yuzasidan videobayonot yo‘llagan. Ta’kidlanishicha, Bo‘ston tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.S tomonidan, marhum akasi N.Sattorov Bo‘ston tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbar va mutasaddi xodimlari faoliyatidan norozi bo‘lib videomurojaat orqali shikoyat qilgan. Mazkur holat Maktabgacha ta’lim vazirligining tegishli mutaxassislari tomonidan o‘rganilganda qo‘yidagilar aniqlangan.

    “Andijon viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2022-yil 13-iyuldagi buyrug‘i bilan ishchi guruh shakllantirilib, masala joyida o‘rganilgan. O‘rganish davomida tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi hamda ‘Bo‘z Iqbol chorvasi’ MCHJ o‘rtasida 925,6 million so‘mga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilganligi, shuningdek, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan MCHJ hisobiga 925,6 million so‘m mablag‘lar o‘tkazib berilganligi ma’lum bo‘lgan.

    Ishchi guruh tomonidan aniqlangan ma’lumotlar, Andijon viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2022-yil 22-iyuldagi xati bilan Bo‘ston tuman prokuraturasiga huquqiy baho berish va surushtiruv ishlarini olib borish maqsadida hamda murojaatchining yashash manziliga tegishli xat yuborilgan.

    Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, tuzilgan shartnomalarni qonuniyligi va ta’minotchi korxona bilan maktabgacha ta’lim bo‘limi o‘rtasidagi to‘lov munosabatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi. Ammo, o‘rganish va tergov jarayonlari tugatilmasidan marhumning qarindoshlari tomonidan turli video murojaatlar tarqalmoqda. Hurmatli jurnalist va blogerlar, holatga huquqiy baho berilmaguniga qadar xulosa chiqarmaylik, dalillarga asoslangan ma’lumotlarni ommaga tarqatish masalasida ehtiyot bo‘laylik”, — deydi vazirlik axborot xizmati rahbari.

    Viloyat prokuraturasining ma’lum qilishicha, fuqaro Nargizaxon Sattorovaning marhum akasi rahbarlik qilgan “Bo‘z Iqbol chorvasi” MCHJ tomonidan tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlarining pullari to‘lab berilmagani haqidagi murojaati Bo‘ston tumani prokuraturasi tomonidan mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda. Har ikkala holat bo‘yicha o‘tkazilayotgan tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. Natijalari haqida qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.

    28.07.2022, 23:11   Izoh (0)   88610
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va MDH davlatlari o‘rtasidagi savdo aylanmasi kamaydi

    28.07.2022, 22:46

    Asaka zavodida birinchi Onix avtomobili yig‘ildi

    28.07.2022, 21:42

    Toshkent shahar soliq boshqarmasi pora bilan qo‘lga tushgan xodimlar yuzasidan ma’lumot berdi

    28.07.2022, 21:21

    “Profilaktik ro‘yxatda turgan qariyb 10 ming nafar xotin-qizlar hisobdan chiqarildi” — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova

    28.07.2022, 20:32

    “Tirikligim to‘g‘risidagi spravkani kim beradi?”. Qashqadaryoda bank rahbari suhbatdoshidan tirikligini isbotlovchi hujjat so‘ragani aytilmoqda (video)

    28.07.2022, 19:55

    O‘zbekistonda bir haftada mol go‘shti, piyoz, sabzi, guruch narxlarida o‘sish kuzatildi

    28.07.2022, 19:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Meksikada tashlandiq uydan 32 ta bo‘laklangan jasad topildi

    Dunyo | 5 avgust, 22:05

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Apple miyasi iPad’ga ulangan insonni namoyish etdi

    Dunyo | 5 avgust, 21:50

    Qo‘shma Shtatlarning eng maqtalgan raketa esminetsi holati tarmoq foydalanuvchilari orasida istehzoga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 5 avgust, 21:40

    Toshkentda Spark yo‘l o‘rtasida yonib ketdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:30

    Ukraina Yaponiya bilan birgalikda dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 21:20

    Afg‘onistonda bolalar to‘yib ovqatlanmasligi eng yuqori darajaga yetdi — BMT

    Dunyo | 5 avgust, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.