2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 24 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 6 oy davomida O‘zbekistonga eng ko‘p Xitoydan yengil avtomobil import qilingan — 7 265 ta.
Koreya ikkinchi o‘rinda (4 510 ta) qayd etilgan bo‘lsa, Qozog‘iston (2 896 ta) uchinchi o‘rinni egalladi.
Rossiya O‘zbekistonga eng ko‘p yengil avtomobil import qiluvchi davlatlar uchligidan chiqib ketib, 4-o‘rinni egalladi — 1 192 ta.
Ushbu mamlakat 2021-yili O‘zbekistonga 4 mingdan oshiq avtomobil import qilib uchinchi o‘rinni egallagan edi.
Bundan tashqari yil boshidan beri O‘zbekistonga AQSHdan 180, BAAdan 84, Yaponiyadan 65, Germaniyadan 48 dona yengil avtomobil import qilingan.
Izoh (0)