Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted” bilan muzokaralarining tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
26-iyul kuni portugaliyalik hujumchi agenti Jorje Mendesh bilan birgalikda o‘z kelajagini muhokama qilish uchun ingliz klubi bazasiga tashrif buyurdi.
Xabarga ko‘ra, Mendesh “Manchester Yunayted” rahbariyatidan mijozi bilan yangi shartnoma imzolashni va keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etishi uchun uni boshqa klubga ijaraga berib yuborishni so‘ragan.
37 yoshli hujumchining agenti “Chelsi”, “Atletiko” va “Bavariya” bilan transfer masalasida kelishuvga erishishga harakat qilmoqda.
Avvalroq mankunianliklar bosh murabbiyi Erik ten Hag Krishtianuni jamoada qolishga va yangi loyihaning bir qismi bo‘lishga ishontirishga harakat qilmoqchiligi xabar qilingandi.
Izoh (0)