Janubiy Koreyada COVID-19 bilan kunlik kasallanish holatlari uch oy ichida birinchi marta 100 mingdan oshib ketdi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sutka davomida mamlakatda 100 285 kishida COVID-19 aniqlangan, 25 kishi kasallikdan vafot etgan.
Bu 20-apreldan beri qayd etilgan COVID-19 bilan kasallanish holatlarining eng yuqori soni. O‘shanda bir kunda 111 291 kishida infeksiya aniqlangan edi.
Janubiy Koreyada kasallanishlar sonining ortishi BA.5 omikron subvariantining tarqalishi bilan bog‘liq.
Sog‘liqni saqlash organlarining prognozlariga ko‘ra, COVID-19 ga chalinish holatlari o‘sishda davom etadi, ushbu tendensiya keyingi ikki-uch hafta davomida saqlanib qoladi.
Izoh (0)