Toshkent viloyati Mirobod tumanida yer savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan M.A. boshqa bir fuqaro U.ga Yuqori Chirchiq tumanida “T.B.” MCHJga ijara shartnomasi asosida berilgan yer maydonining 45 sotixini 7 800 dollarga sotishga kelishgani aniqlangan. U yer maydoni hujjatlarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan 5,5 ming dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)