Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 26-iyul kuni o‘tkazilgan navbatdagi majlisida deputatlar elektron raqamli imzo kalitlari olishni osonlashtirish, undan foydalanishni yanada soddalashtirish, sarf-xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda atroflicha muhokama qildi.
Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi bilan jismoniy va yuridik shaxslarga bir nechta axborot tizimida yagona elektron raqamli imzo kaliti bilan ishlash imkoniyati yaratiladi. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini qog‘oz ko‘rinishida berish amaliyoti tugatiladi. Shuningdek, foydalanuvchilarga doimiy ravishda o‘zi bilan ma’lumot tashuvchi qurilmalarni (fleshka) olib yurishga hojat qolmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, ro‘yxatga olish markazlari uchun sarf-xarajatlarni tejash imkonini beradi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Izoh (0)