Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘lida noqonuniy baliq ovlagan shaxslar ushlandi, deb xabar bermoqda Davlat ekologiya qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, 24-iyul kuni Arnasoy ko‘llar tizimida olib borilgan ekologik nazorat reyd tadbirlarida uch nafar fuqaro tomonidan noqonuniy ravishda 216 dona baliq ovlangani aniqlangan. Huquqbuzarlar tomonidan ovlangan 218,5 kg baliqlarni ovlash uchun tegishli tashkilotlardan hech qanday hujjatlar rasmiylashtirilmagan.
Noqonuniy baliq ovlash oqibatida 61 million 530 ming so‘m miqdorida tabiatga zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.
Ayni vaqtda holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar surishtiruv ishlarini olib borish uchun tegishli idoralarga topshirilgan.
Izoh (0)