Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 160 523 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni 2021-yilning mos davriga nisbatan 51 743 taga oshgan.
2022-yilning yanvar–iyun oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
- Avtomobil benzini – 563 ming tonna;
- Ko‘mir – 2,5 million tonna;
- Neft – 383,4 ming tonna;
- Gaz kondensati – 655,4 ming tonna;
- Yengil avtomobillar – 160 523 dona;
- Avtobus – 483 dona;
- Yuk avtomobillari – 2 166 dona;
- Avtomobil dvigatellari – 116,3 ming dona.
Izoh (0)