Shu kunlarda aholi orasida ichimlik suvi quvurlari va jo‘mraklar orqali vabo kasalligi tarqalishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. “O‘zsuvta’minot” ushbu xabarlarni mish-mishlar mutlaqo asossiz ekanini ma’lum qildi.
“Ichimlik suvi sifati respublikamizdagi 79 ta laboratoriya tomonidan kun-u tun har tomonlama nazorat qilinib, suv tarmoqlari yoki jo‘mraklar orqali biron-bir kasallik tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ular tomonidan har oyda turli tahlillar uchun o‘rtacha 17 200 ta namuna olinadi.
Ichimlik suvini aholiga yetkazib berishdan oldin suv suyuq xlor, natriy gipoxlorit, kalsiy gipoxlorit kabi xlorli reagentlar bilan zararsizlantiriladi”, – deyiladi xabarda.
Izoh (0)