Yaponiya o‘zining eng qimmat tabiiy gaz yetkazib berishini sotib oldi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Bunga global energiya inqirozi kuchayib borayotgani mamlakatda elektr to‘xtatilishining yangi xavfini keltirib chiqargani sabab bo‘lgan.
Nippon Steyel kompaniyasi sentabr oyida yetkazib berish uchun Yapniya tarixidagi eng qimmat miqdorda suyultirilgan gaz sotib oldi.
Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, yetkazib berish narxi 135 mln dollardan oshadi. Bu Yaponiya elektr energiyasi ta’minoti va yuqori talab bilan kurashayotganligi sababli o‘ta yuqori narxlarda to‘lashga majbur bo‘layotganini ko‘rsatadi.
Yevropa Ittifoqi va boshqa ittifoqchilar Ukrainadagi urush tufayli Rossiya yoqilg‘isidan voz kechgani sababli tabiiy gaz uchun raqobat tezlashdi. Neft va ko‘mir narxlari allaqachon yuqori darajaga chiqib ulgurdi.
Yaponiya Savdo vaziri Koichi Xagiuda AQSH va Avstraliyani gaz eksportini ko‘paytirishga chaqirdi, ammo buni haqiqiy yuklarga aylantirish uchun vaqt kerak bo‘ladi.
Yaponiya hukumat tomonidan yuqori yoqilg‘i zaxiralarini saqlab qolish va elektr quvvati taqchilligining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tashabbuslar fonida bu yil dunyodagi eng yirik LNG (suyultirilgan gaz) importchisi bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)