Ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘onistondan O‘zbekiston hududiga uchinchi marta raketa hujumi uyushtirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mudofaa vazirligi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur mazmunda tarqatilayotgan xabarlar yolg‘on bo‘lib, mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. O‘zbekiston—Afg‘oniston davlat chegarasi O‘zbekiston harbiylari tomonidan to‘liq nazorat qilinmoqda, vaziyat barqaror.
“Fuqarolarimizdan bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonmasliklari va rasmiy manbalarga tayanishlarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)