Qozog‘istonning “Qayrat” klubi Jasur Jaloliddinov bilan xayrlashdi.
Qayd etilishicha, klub va futbolchi o‘rtasidagi ijara shartnomasi muddatidan avval bekor qilingan. O‘zbekistonlik yarim himoyachi Toshkentning “Lokomotiv” klubiga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, Jasur 2022-yil fevral oyida “Qayrat”ga ijara asosida o‘tgandi. U jamoa safida 7 ta o‘yin o‘tkazdi.
Jaloliddinov bungacha “Bunyodkor”, “Lokomotiv M”, “Andijon” kabi jamoalarda to‘p surgan.
Izoh (0)