Krishtianu Ronalduning yozda “Manchester Yunayted”ni tark etish ehtimoli past.
The Independent xabariga ko‘ra, “Manchester Yunayted” ushbu transfer oynasida 37 yoshli futbolchini sotish niyatida emas va yangi hujumchi sotib olishni rejalashtirmayapti.
Portugaliyalikning agenti Xorxe Mendesh mijozi uchun variantlarni o‘rganib chiqmoqda, ammo potensial xaridorlar ko‘p emas.
“Chelsi” rahbariyati Ronalduning transferini ko‘rib chiqishga tayyor edi, ammo Krishtianu “ko‘klar” bosh murabbiyi Tomas Tuxelning rejalaridan o‘rin olmadi.
Qayd etilishicha, Mendeshning potensial xaridorlar bilan bo‘lgan muzokaralarining birinchi raundi shu qadar zaif reaksiyaga sabab bo‘lganki, Ronaldu va uning agenti futbolchining maoshini sezilarli darajada kamaytirishga tayyor bo‘lgan.
Avvalroq Ronaldu “Manchester Yunayted” bilan mavsumoldi turnega bormasligi haqida xabar berilgandi. Keyinchalik ushbu ma’lumotni klub ham tasdiqladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)