Sakkiz vazn toifasida jahon chempioni Menni Pakyao 2022-yil dekabr oyida ringga qaytadi.
Pakyao janubiy koreyalik bloger Di Key Yoga (DK Yoo) qarshi ko‘rgazmali jangda ishtirok etadi.
43 yoshli Pakyao 2021-yilda nafaqaga chiqib, siyosatga e’tiborini qaratgan edi. May oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Menni uchinchi o‘rinni egalladi va Filippin Senatidagi o‘z lavozimidan ayrildi.
Filippinlik bokschi so‘nggi jangini 2021-yil avgust oyida yarimo‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Yordenis Ugasga qarshi o‘tkazib, mag‘lub bo‘lgandi.
Izoh (0)