Hojimat Erkinov faoliyatini Moskvaning “Torpedo” klubi safida davom ettiradi.
“Paxtakor” yarim himoyachini Rossiya klubiga transfer qildi. Rus klubining yozishicha, Hojimat bilan 3 mavsumga mo‘ljallangan shartnoma imzolangan.
Erkinov “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U jamoa safida hozirgacha barcha musobaqalarda 60 o‘yin o‘tkazib, 10 gol muallifiga aylangan. U “sherlar” bilan O‘zbekiston chempioniga aylangan, shuningdek, mamlakat kubogi va Superkubogida ham zafar quchgan. Avvalroq futbolchi “Paxtakor” bilan xayrlashgandi.
2021/22-yilgi mavsumda “Torpedo” Rossiya quyi ligasida 1-o‘rinni egalladi va Premyer Liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Hojimat faoliyati davomida “Paxtakor”dan tashari, “Qo‘qon-1912” va “OKMK” kabi jamoalarda to‘p surgan. Joriy mavsum “sherlar” safida 11 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Hojimat Erkinov prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi. Shuningdek, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi sardori, yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov va hujumchi Husayn Norchayev ushbu sovringa loyiq ko‘rildi.
Izoh (0)