9-iyul kuni Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni vaqtliroq ish boshlaydi.
Metropoliten matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shu kuni barcha yo‘nalishida poyezdlar harakati soat 04:00 dan boshlanadi va 00:00 ga qadar davom etadi. 10-, 11-, 12-iyul kunlari esa dam olish kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida, ya’ni soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Qurbon hayiti namozi ertalab soat 05:20 da o‘qiladi.