Ijtimoiy tarmoqlarda Nukusdagi voqealarni yoritishda xorijiy jurnalistlarga to‘sqinlik qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, bu kabi xabarlar, ayniqsa, xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotlari vakillari o‘rtasida tarqalgan. Jumladan, taniqli jurnalist Joanna Lillis voqealarni yorita olmayotgani, texnikalari olib qo‘yilgani haqida xabarlar berilgan.
“Bu xabarlar feyk.
Men joydagi komendatura vakillari, shuningdek, Joanna Lillis xonim bilan bog‘landim. U hech qanday muammo yo‘qligini, faoliyat olib borayotganini bildirdi. O‘zbekiston ochiqlik va huquqiylik prinsiplariga sodiq mamlakat sifatida shakllanmoqda, va bu quvonarli”, — deya yozgan Bekmurodov.
Izoh (0)