O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi ochildi. Bu haqida PFL matbuot xizmati ma’lum qildi.
4-iyuldan e’tiboran O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi ochildi va u 30-iyulga qadar davom etadi.
“2022-yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”da futbol klubi yozgi transfer oynasida 5 nafardan ortiqbo‘lmagan yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin ekani ko‘rsatib o‘tilgan. Bunda klubtomonidan ijaraga olinayotgan futbolchi ham yangi futbolchi sifatida qayd etiladi.Agar klub 2000-yil va undan kichik yoshdagi yangi futbolchi bilan (darvozabon uchun 1999-yil) shartnoma imzolasa, mazkur futbolchi yuqoridagi limitdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
PFL bayonoti
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)