“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning mankunianlar jamoasidagi kelajagi hamon so‘roq ostida turibdi.
Fabrisio Romanoning xabar qilishicha, portugaliyalik “Manchester Yunayted”ning ayrim o‘yinchilarining darajasidan qoniqish hosil qilmoqda, biroq jamoa transfer oynasida 6-7 nafar yangi futbolchi xarid qilishi kerak deb hisoblamoqda.
Ronalduga “qizil iblislar”ning transfer bozoridagi sust harakati yoqmayapti. Uning jamoa yangi bosh murabbiyi Erik ten Hag bilan munosabatlarida hech qanday muammo yo‘q.
Agar “Yunayted” transferlarga jiddiy e’tibor qaratmasa, Ronaldu ketishni ma’qul ko‘radi. Biroq klub rahbariyati va murabbiylar shtabi Ronalduni qo‘yib yuborish niyatida emas. Avvalroq Ronaldu mankunianlar rahbariyatiga jamoani tark etish niyatida ekanini aytgani xabar qilingandi.
37 yoshli futbolchi ortda qolgan mavsumda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.
Izoh (0)