Eron Xitoy bozorida Rossiya bilan raqobatlashish uchun “shundoq ham arzon” neft narxini yanada pasaytirishga majbur bo‘ldi, deya xabar berdi Bloomberg nashri manbalarga tayanib.
Treyderlarning fikricha, hozirgi vaziyatda Eron neftining narxi bir barrel uchun Brent fyucherslaridan deyarli 10 dollarga past. Eron buni o‘z mahsuloti avgust oyida Xitoyga kelishi kerak bo‘lgan Rossiyaning Urals neft markasi bilan raqobatlasha olishi uchun qilgan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Eron neftning chegirmasi Ukrainada maxsus operatsiya boshlanishigacha bo‘lgan narxlarga nisbatan bir barrel uchun 4-5 dollarni tashkil qilgan.
Xitoy Rossiyaning energiya resurslari uchun asosiy bozorlardan biriga aylandi, chunki Moskva Ukrainadagi voqealar va sanksiyalar tufayli eksport ta’minotini saqlab qolishga harakat qilmoqda, deb yozadi Bloomberg.
Eron uchun Xitoy bozori AQSH sanksiyalari tufayli eksporti cheklangan xom neft yetkazib berish mumkin bo‘lgan kam sonli bozorlardan biridir.
Izoh (0)