“So‘g‘diyona”ning OFK Kubogi Markaziy mintaqa hududiy final uchrashuvidagi raqibi ma’lum bo‘ldi.
Jizzax klubiga Tojikistonning “Xo‘jand”i raqiblik qiladi. “Xo‘jand” F guruhi g‘olibi sifatida “So‘g‘diyona”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv avgust oyida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv qayerda o‘tkazilishi hozircha aniq emas.
Ulug‘bek Baqoyev shogirdlari guruh bosqichida o‘tkazilgan 3 o‘yinda ham g‘alaba qozondi. Jamoa Qirg‘izistonning “Neftchi”, Tojikistonning “SSKA” va Turkmanistonning “Oltin Asr” klublarini yengdi.
38 yoshli Jasur Hasanov esa jamoaning 8 ta golidan 6 tasida qatnashdi — 3 ta gol va 3 ta assist.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)