Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

NATO umumiy xavfsizlik makonida Ukraina uchun joy topishi kerak, aks holda Shimoliy Atlantika alyansi Rossiya bilan qarama-qarshilikka kutadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Madridda bo‘lib o‘tayotgan NATO sammitida videoaloqa orqali so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Yoki Ukrainaga g‘alaba uchun yetarli darajadagi yetarli shoshilinch yordam, yoki siz va Rossiya o‘rtasidagi kechiktirilgan urush”, — degan Ukraina prezidenti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina mag‘lubiyatga uchragan taqdirda Rossiya Federatsiyasi bu bilan to‘xtab qolmaydi va Sharqiy Yevropa davlatlariga tahdid soladi.

Zelenskiy, shuningdek, NATOning “ochiq eshiklar” siyosati qanday gavdalanishini tanqid qildi hamda alyans va Rossiya o‘rtasidagi “kulrang zona”dan xalos bo‘lish zarurligini ta’kidladi.

“NATOning ochiq eshiklar siyosati eski Kiyev metrosining turniketlarini eslatmasligi kerak: ular ochiq, qachonki siz yaqinlashsangiz, ular toki to‘lov qilmaguningizcha yopiladi. Ukraina hali yetarlicha to‘lov qilmadimi? Ham Yevropa, ham butun sivilizatsiyani himoya qilishga qo‘shgan hissamiz hali ham yetarli emasmi? Xo‘sh, yana nima kerak?” — degan u.

Ukraina rahbari uning mamlakatini imkon qadar ko‘proq qo‘llab-quvvatlash, jumladan, qurol-yarog‘ yetkazib berish va Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash orqali yordam berishga chaqirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ishbilarmonlik faoliyati qanday o‘zgardi?
Sport
Krishtianu Ronalduning muvaffaqiyatsiz seriyasi davom etadi. Hujumchi 2022/23-yilgi mavsumda faqat bitta gol urdi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi