Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, suhbat avvalida davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni 65 yoshga to‘lgani bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, birodar Turkmaniston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Gurbanguli Berdimuhamedovning zamonaviy Turkmanistonni barpo etish va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi alohida qayd etildi.

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik doirasida ikki mamlakatning ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Savdo va sanoat, transport va logistika, energetika, qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish hamda hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari, shu jumladan Afg‘onistonda mustahkam tinchlikni ta’minlashga va ushbu mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy tiklashga ko‘maklashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Turkmaniston poytaxtida o‘tkazilayotgan oltinchi Kaspiy sammiti muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

O‘zbekiston prezidenti bundan avval 16-may kuni Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qilib, Turkmaniston tomonini  12–13-may kunlari Ashxobod shahrida xalqaro tadbirlar — Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaning birinchi Parlamentlararo forumi hamda Xotin-qizlari muloqoti muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabriklagandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov