Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyati Toyloq tumanida noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanuvchi fuqaro ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat Milliy gvardiya bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Toyloq tumani “Charog‘bon” mahallasida fuqaro M.Sh. valyuta qimmatliklarini muomalaga kiritish faoliyati shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan. U boshqa bir fuqaro E.ga jami 3,7 ming dollarni 40,3 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi