“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi “Mash’al” futbol klubining egasiga aylandi. Bu haqda “Daryo”ga Korporativ axborot yagona portalidan ma’lum bo‘ldi.
Undan avval klub 100 foizga Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli bo‘lgan edi.
“Mash’al” futbol klubi 1997-yilda tashkil qilingan. Ustav fondi — 15,3 mlrd so‘m. Klub 2019 va 2018-yillarda mos ravishda 187 mln so‘m va 442 mln so‘m daromad ko‘rgan.
2020-yilda 1,1 mlrd so‘mlik zarar ko‘rgan bo‘lsa, 2021-yilni 75 mln so‘m daromad bilan yakunlagan.
Avvalroq “Bunyodkor” futbol klubi 2021-yilda 37 mlrd so‘m zarar ko‘rgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)