• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    “Andijon muzqaymog‘i” vasvasasi — u qanday paydo bo‘ldi, nega bunchalik ommalashib ketdi va u rostdan ham biznes bo‘la oladimi?

    Yoz o‘zining issiq harorati ila mamlakatga kirib kelishi bilanoq odamlar o‘zini soyaga torta boshlaydi. Turli salqinlash usullaridan foydalanib, muzdek ichimlik va muzqaymoqlar iste’molini kanda qilmaydi.

    So‘nggi yillardagi jazirama mavsumda O‘zbekistonning barcha mahalla va ko‘chalarini mors, kvas ichimliklari bilan bir qatorda “Andijon muzqaymoqlari” ham egallagani ko‘zga tashlanadi. Uni sotib olmoqchi bo‘lgan iste’molchi uzoq qidirmaydi, chunki “Andijon muzqaymoqlari” deyarli barcha odam gavjum nuqtalarda “kezib yuradi”.

    Ular qanday qilib bu darajada ko‘payib ketdi? Bu biznesni yo‘lga qo‘yish qancha mablag‘ talab etadi? Biz uchratgan shu nomli muzqaymoqlarning barchasi haqiqatan ham “Andijon muzqaymog‘i”mi?

    “Daryo” nashri shu va “Andijon muzqaymog‘i” nomi bilan yuritilayotgan biznesga tegishli boshqa savollarga javob izlaydi.

    Foto: Michael Baum

    Foto: Michael Baum

    “Andijon muzqaymoqlari” qanday paydo bo‘ldi?

    Respublika poytaxti bo‘lmish Toshkentning “Xalqlar do‘stligi”, Talabalar shaharchasi, “Chorsu”, Xadra va boshqa, odamlar eng gavjum joylarining hammasida bir emas bir nechta “Andijon muzqaymog‘i” nomli aravacha yetaklagan odamlarni uchratamiz.

    Albatta, talab borki taklif yuzaga keladi. Biroq ularning ko‘payishiga nafaqat talab, balki bu biznesning uncha qimmat bo‘lmagan mablag‘ evaziga sotib olish imkoni ham sabab bo‘lgan.

     

    OLX e’lonlar saytida “Andijon muzqaymoqlari”ni saqlovchi telejka-muzlatkichlar 100 dollardan boshlab sotiladi. Aravachani xarid qilgan odamga ulgurji yetkazib berish imkoni ham beriladi.

    Ko‘pchilik bittada bir nechta aravacha xarid qiladi. Muzqaymoqlarning kilosini 20 mingdan sotib olib, donalab sotish uchun o‘z narxlarini belgilaydi.

    Necha kilo sotganiga qarab maosh to‘lanadigan tizim uchun sotuvchilarni ishga jalb etadi. Kichik tadbirkorlik ko‘rinishidagi ushbu biznesning yuqoridagi usuli OLX e’lonlar saytidan joy olgan.

    Avvaliga bu nomdagi muzqaymoq andijonlik tadbirkor Hikmatullo Madrahimovning mahsuloti bo‘lgan. U bir necha yil avval “Andijon muzqaymoqlari”ni tayyorlay boshlagan. Keyinchalik brend nomidan ikir-chikirlarini erinmasdan o‘rganib chiqqan barcha foydalana boshladi.

    2021-yil Madrahimov o‘z mahsulotlarini boshqa qalbakilaridan farqlash uchun “Andijon muzqaymog‘i” tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazib, yangi shaklini ishlab chiqqan va patentlagandi. Biroq bu unchalik foyda bermagan — sotuvchilar qo‘lida haqiqiy aravalar deyarli ko‘rinmaydi.

    O‘tgan yili tadbirkor Toshkentning markaziy ko‘chalari uchun 40 dona haqiqiy aravachalarni yuborishni rejalashtirgan.

    Foto: “Spot.uz”

    Foto: “Spot.uz”

    Barcha viloyatlarga yetkazishning esa imkoni yo‘q, sababi ularni yasashda ba’zi qiyinchilik va muammolar mavjud.

    Aravachalarni yasashning o‘zi bo‘lmayapti. Hozircha faqat Andijon viloyati va Toshkent shahriga yetkazib berish rejalashtirilgan. Biroq do‘konlarda sotiladigan 500-800 gr, bir va ikki kilolik qadoqlangan muzqaymoqlar kabi Andijon muzqaymog‘ini ham O‘zbekistonning har bir hududidagi do‘konlarida sotishni mo‘ljallaganmiz — deydi Madrahimov.

    U tez kunlarda iste’molchilar o‘ziga yaqin do‘konlardan sotib olish imkoniga ega bo‘lishini va har bir viloyatda dilerlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilganini ham ma’lum qilgan.

    Agentlikning o‘zi patentlash taklifi bilan chiqqan

    “Biz ‘Andijon muzqaymoqlari’ uchun yangi aravachalar qildik. Endi faqat shu aravachalardagina sotiladi va bunga viloyat hokimi ruxsat bergan. Patentlamasak bo‘lmadi, sababi bir mahsulotni bir hafta o‘n kundan keyin boshqalar ishlab chiqarishni boshlamoqda — deydi brend muallifi.

    Unga ko‘ra, endi istalgan odam shu kabi ham termos ham xolodilnik vazifasini o‘tovchi aravachalarda sotishi mumkin, lekin “Andijon muzqaymog‘i” degan yozuv faqat haqiqiylarida bo‘ladi.

    Madrahimovning ma’lum qilishicha, brend sifatida patentlashga topshirilgach, ko‘chalarda qalbaki aravachalar yanada ko‘payib ketgan. Tadbirkor bu ishni endi boshlagan vaqti patentlamoqchi bo‘lganida oddiy ishchilar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish imkoni yo‘qligi aytilgan.

    2021-yilda esa “Andijon muzqaymoqlari” trend darajasiga yetgach, Intellektual mulk agentligi rahbarining o‘zi taklif bilan chiqib, patentlab bergan.

    Foto: “Spot.uz”

    Foto: “Spot.uz”

    Yuqorida ta’kidlanganidek, biz har qadamda uchratayotganlarimizning hammasi ham, afsuski, haqiqiy “Andijon muzqaymoqlari” emas. Bu esa mahsulotning iste’molga yaroqlilik darajasini va sanitariya-gigiyena talablariga javob berolmasligi mumkinligini bildiradi.

    Odamlar orasida ushbu nom ostidagi muzqaymoqlarga shubha ko‘zi bilan qarash va turli gap-so‘zlar paydo bo‘lgach, ular ustidan reyd tekshiruvlari o‘tkazilib, tadbir davomida muzqaymoqlardan ba’zilarida ichak kasalliklarini qo‘zg‘ovchi bakteriyalar borligi ham aniqlangan.

    Brend muallifi esa kasallik qo‘zg‘atuvchilari aniqlangan muzqaymoqlar qalbaki “Andijon muzqaymoqlari” bo‘lganini aytadi.

    Shundan so‘ng “Sevimli” telekanali jurnalisti bu bo‘yicha yana bir nechta sotuvchilar fikrini o‘rgangan.

    “O‘g‘limni o‘qishga kiritish uchun yig‘yapman”

    Kuzatuvlardan shuni anglash mumkinki, sotuvchilarning ko‘pchiligi poytaxtga oilasini boqish, ro‘zg‘or tebratish maqsadida kelgan.

    Asli bo‘kalik, turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng ikki nafar farzandini boqish uchun “Chorsu” bozori atrofida mavsumiy mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanadigan, hozirda “Andijon muzqaymog‘i” sotuvchi ayol faoliyati haqida shunday deydi:

    Masalan, men 5 kg muzqaymoqni 35 mingdan olsam, 15 ming so‘m o‘zimga qoladi. Bu turdagi muzqaymoqlarni yomonlab tashlash yaxshi emas. Buning oqibatida halol mehnat qilayotgan nechta odam ishsiz qoldi.

    Muzqaymoq savdosidan tushadigan kunlik daromadini o‘g‘lining o‘qishiga yig‘ayotgan savdogar ayol o‘tkazilgan reyd va uning natijalaridan norozi ekanini bildiradi.

    Foto: Videodan skrinshot

    Foto: Videodan skrinshot

    Samarqanddan Toshkentga ro‘zg‘or tebratish ilinjida kelgan Rashid Yo‘ldoshev ham o‘ziga muzqaymoq sotishni kasb qilgan. Poytaxtda ijarada turadigan, bir nafar farzandi bor ushbu savdogar esa bir kunda 10-15 kg muzqaymoqni sotib tugatadi.

    O‘tgan yili o‘tkazilgan iste’molga yaroqlilik darajasi bo‘yicha tekshiruvlar ana shunday aravacha yetaklagan sotuvchilarning keskin kamayishiga sabab bo‘lgandi. Biroq bu yil ularning soni yana ortib ketdi.

    Sababi esa yuqorida aytib o‘tilgandek, arzon va bosh qotirish talab etilmaydigan oson, tayyor biznes ekanligida. OLX saytida ham mazkur aravachalar e’lonining ko‘pchiligi “Tayyor biznes — Andijon muzqaymoqlari” nomi ostida joylangan.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

     

    “Daryo” e’lonlar saytida keltirilgan bir nechta raqam egalari bilan bog‘lanib, ushbu biznesni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan tadbirkor bilishi kerak bo‘lgan quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldi:

    • Bir donasining boshlang‘ich narxi 100 dollardan baholanuvchi aravachalar muzqaymoqni saqlash uchun maxsus quti va o‘lchash uchun kichik taroziga mo‘ljallangan joyga ega bo‘ladi;
    • Bitta telejka sig‘imi 40 kg muzqaymoqqa mo‘ljallangan;
    • Muzqaymoqning o‘zi Andijonda ishlab chiqarilgani sababli u buyurtma qilingan joylarga faqat yetkazib beriladi, ya’ni xaridor borib savdogardan sotib ololmaydi;
    • Muzqaymoq ishlab chiqaruvchilari sertifikatga ega va sanitariya-gigiyena talablariga javob beradi.

    Biroq bu biznesni boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorga muzqaymoq ishlab chiqaruvchilarining sertifikati yetarli bo‘lmaydi. Suhbatdoshimizning so‘zlariga ko‘ra, sertifikat aravachani ko‘chada aylantirib yurish uchun emas, faqat bir joyda turib sotishgagina beriladi.

    “Muzqaymoq biznesida qonuniy-noqonuniy degan narsalar yo‘q”

    Ichki ishlar xodimlari sertifikatsiz sotayotgan savdogarlarni javobgarlikka tortmaydimi, degan savolimizga u shunday javob qaytardi:

    Bu fors-major holat sanaladi. Aslida noqonuniy yoki qonuniy degan narsalar yo‘q.

    Muzqaymoq yetkazib beruvchining aytishicha, doimiy mijozlarining o‘rtacha 10 nafardan ishchisi mavjud bo‘lib, ular 3 kunda 200 kg muzqaymoq sotib tugatadi.

    Muzqaymoq aravachalarini sotadigan yigitning so‘zlariga ko‘ra, bu tayyor biznes bo‘lishiga qaramay, uni uddalash unchalik ham oson emas. Aravachalarni ishonchli qo‘llarga topshirmasa, ishchilar kunlik hisobotni yolg‘on raqamlar bilan ham topshirishi mumkin.

    “Bu biroz nozikroq biznes-da. Ishchilar to‘g‘ri ishlashi kerak. Agar ishlamasa, foyda qilishingiz qiyin. Biror kimga berib qo‘yganingiz bilan sizga yolg‘on hisob-kitob qilib berishi bor, muzqaymoqni noto‘g‘ri saqlab, eritib yuborish kabi holatlar ham bo‘lishi mumkin”, — deydi “Daryo” bilan suhbatda bo‘lgan yigit.

    Asosiy ishni ishchi qilgani uchun ko‘proq foyda ham unga bo‘ladi

    “Tayyor biznes” e’loni muallifiga bu original Andijon muzqaymoqlari emasligi haqida aytganimizda “Originali Andijonda bo‘ladi-da!” degan javob oldik.

    Ma’lum bo‘lishicha, muzqaymoq bilan birga nonini ham qo‘shib olish kerak. Masalan, bir kilo muzqaymoq 20-25 ming so‘m tursa, unga 10 donasi ming so‘mga aylanuvchi non qo‘shib olinadi.

     

    Shunda bir dona tayyor mahsulot 100 gr muzqaymoq va 100 so‘mlik nondan ibrat bo‘ladi.

    Biznes egasining foydasi esa muzqaymoqdan bo‘ladi. Ya’ni u 20-25 ming so‘mdan olgan muzqaymog‘ini ishchisiga 30-35 ming so‘mdan topshirib, har bir kilodan 10 ming so‘mdan orttiradi. Biz suhbatda bo‘lgan aravachalar sotuvchisi bu tizimni quyidagicha tushuntirib berdi:

    Sotuvchi bir kunda siz 32 ming so‘mdan bergan 10 kg muzqaymoqni sotsa, 100 ming foyda qilasiz, sotuvchi esa 180 ming so‘m foyda qiladi. Sotuvchining foydasi ko‘proq bo‘lishi tabiiy. Chunki hamma ishni u qiladi — deydi u.

    Biroq tadbirkor aravachadan 5 dona olib, ishchilarga topshiradigan bo‘lsa, har biridan 100 ming so‘mdan kuniga 500 ming foyda qiladi.

    Albatta, bu sotilgan muzqaymoq kilosi va ishchi bilan kelishuvga qarab o‘zgaradigan summalar hisoblanadi.

    Foto: Mirobod tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

    Foto: Mirobod tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

    O‘z-o‘zini band qilish, bekorchilikka samarali yechim topish va ish o‘rinlari yaratish, tekinxo‘r va boshqalardan umidvor kayfiyatda yashashdan ko‘ra yaxshiroq va foydali, albatta. Biroq qilayotgan ishi atrofdagilarning sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi, qonuniy yo‘l bilan daromad olib kelishi asosiy masala sanaladi.

    26.06.2022, 20:13   Izoh (0)   84343
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonga Xitoy shahridan birinchi yuk poyezdi yo‘lga qo‘yildi

    26.06.2022, 09:46

    Daryoga tushib ketgan iPhone 10 oydan so‘ng topilib, egasiga qaytarildi. U hali ham ishlamoqda

    25.06.2022, 22:39

    Farg‘onadagi ko‘p qavatli gipermarket 23,2 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi

    25.06.2022, 22:02

    O‘zbekistonda oilaviy tadbirkorlikdagi kredit muammolari: 168 mlrd so‘m qarzdorlik MIB tomonidan undiriladi

    24.06.2022, 19:31

    Inflyatsiya Yevropa biznesiga qanday ta’sir qilyapti?

    24.06.2022, 19:22

    O‘zbekiston rekord darajada tarvuz eksport qilmoqda

    24.06.2022, 17:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    12 mln tonnalik aysberg Grenlandiyadagi qishloqqa yaqinlashdi

    Dunyo | 13 iyul, 23:55

    Eron Isroilni “ekologik jinoyat”da aybladi

    Dunyo | 13 iyul, 23:40

    AQSHda 7 balli zilzila kuzatilishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 23:20

    Londonda samolyot qulab tushdi (video)

    Dunyo | 13 iyul, 23:10

    Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqdan qochdi

    Dunyo | 13 iyul, 22:58

    “Eron yadro bombasi bilan Isroilni yo‘q qilishga tayyor” — Netanyaxu

    Dunyo | 13 iyul, 22:30

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    Futbol | 13 iyul, 22:15

    Ukraina Ozarbayjondan gaz sotib olmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 21:55

    Tramp Meksika va Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj soladi

    Dunyo | 13 iyul, 21:30

    “Isroil Eron prezidentini o‘ldirishga uringani uchun tovon to‘laydi” — eronlik amaldor

    Dunyo | 13 iyul, 21:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.