• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Mazmunini tushunmaganlar muammo chiqarishga urinyapti”. Iqtisodchi va tadbirkorlar QQS haqida nima deydi?

    Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) O‘zbekistonda 2019-yilda joriy etilganiga qaramay, hozir ham ayrim tadbirkorlar uchun tushunarsiz tizim bo‘lib kelayotgani aytiladi. Xo‘sh, QQS qaysi jihatlari bilan avvalgi tizimdan farqlanadi? “Daryo” muxbiri iqtisodchi va tadbirkorlarning ushbu soliq turi haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

    Qo‘shilgan qiymat solig‘ining yagona soliqdan farqi

    Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonovning aytishicha, QQS avval amalda bo‘lgan yagona soliqdan ancha samarali.

    Dilshod Sultonov

    Dilshod Sultonov
    Foto: Savdo-sanoat palatasi
    O‘ylaymanki, soliq tizimida tadbirkorlarga yetarlicha imkoniyat yaratib berilgan. Yaxshi tadbirkorlar ro‘yxatini har chorakda yangilab boryapmiz. 2019-yilgacha bo‘lgan islohotlarni oladigan bo‘lsak, bir narsaga e’tibor qaratish kerak. Avval asosiy vositalarni (bino, qurilmalar va boshqalar) sotib olardik va u qimmat bo‘lardi. O‘shanda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) o‘sha binoning narxiga kirib ketardi. Faraz qiling, men 100 so‘mlik narsani, QQS bilan 115 so‘mga sotib oldim. Qiymat 115 so‘m bo‘ladi. O‘sha 115 so‘mda men har yili amortizatsiya hisoblardim. U esa men ishlab chiqarayotgan mahsulotning tannarxiga kirardi va uni menga hech kim qaytarib bermasdi. Mana endi, 2020-yildan beri shu narsani qaytarishga erishdik. Investitsiya qilib bino yoki biror uskuna sotib olsang, QQSni qaytarib beramiz. Mablag‘ to‘langandan keyin uni qaytarib berishga haqli bo‘ladi. Bunda 100 so‘mga bino sotib olsangiz, ya’ni tannarx shuncha summa. QQS esa 15 so‘m bo‘ladi. Jami 115 so‘m. Shundan 15 so‘mini davlat sizga qaytaradi. Bu degani sizining ishlab chiqargan mahsulotingiz raqobardosh bo‘ladi. Qaytarilgan 15 foiz puldan aylanma mablag‘ingiz ham paydo bo‘ladi. Boshqa mamlakatlarda QQSni qaytarish muddatlari juda uzun. Bizda 1 oyda qaytariladi. Ayrim mamlakatlar umuman qaytarib bermaydi. Masalan, Turkiya.

    Kim QQS mazmunini tushunmagan bo‘lsa, o‘shalar muammo chiqarishga harakat qilyapti. Kim tushungan bo‘lsa, aylanmasi 200-300 million dollar bo‘lsa ham o‘zi ariza berib olyapti. Sababi siz nimadir qurmoqchisiz. Sotib olayotgan armatura, sement, g‘ishtlaringizning hammasi QQS bilan kelmoqda. Bu narsalarni davlat sizga qoplab beradi. Faqat buni biznes nuqtayi nazaridan tushunish kerak. Hammasini soliq xizmati o‘zi hisoblab beradi. Elektron hisob — faktura taqdim etilsa, hisobot kelib chiqadi. Tizimni juda soddalashtiryapmiz. Bu aylanma xarajati oshmaydi, mahsulotni zanjir ichiga kirib qonuniy sotadi, degani.

    Dilshod Sultonov, Moliya vaziri o‘rinbosari 

    “QQS tizimiga birdaniga o‘tish tadbirkorlarni kalovlatib qo‘ydi”

    Iqtisodiyot assambleyasi raisi, iqtisodchi va tadbirkor Muxtor Umarov QQS to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, QQS birdaniga joriy etilgani uchun tizimni ko‘pchilik yaxshi tushuna olmagan.

    Muxtor Umarov

    Muxtor Umarov
    Foto: Savdo-sanoat palatasi
    QQS agar to‘g‘ri ishlatiladigan bo‘lsa, tadbirkorlar buni to‘g‘ri tushunsa, albatta, yaxshi tizim. Lekin biz bu tizimga bosqichma bosqich emas, birdaniga o‘tganimiz ko‘p tadbirkorlarni kalovlatib qo‘ydi. Chunki biz yillar davomida shakllanib kelgan yagona soliq tizimiga o‘rgangan edik. Mutaxassislarimiz tovar “oborot”idan olinadigan, yagona tarzda ishlab kelgan soliqqa o‘rganishgandi. QQS bo‘yicha ishlagan mutaxassislar yo‘q edi. Misol uchun, ulgurji savdo bilan shug‘ullanadigan katta do‘kon kuniga 100 million so‘m savdo qiladi. U QQS to‘lovchi hisoblanadi. Lekin bir do‘kon, bitta buxgalterni yollab, barcha hisoblarni olib borishi nihoyatda qiyin. Bunday mutaxassislar oyiga 5 million so‘mdan kamiga ishlamaydi. Eng kamida 5 million so‘m, hatto 10-15 million so‘mga ishlaydiganlari ham bor. Shuning uchun bu yerdagi asosiy muammo kadrlar bilan bog‘liq. Mana QQS joriy etilganiga 3 yil bo‘lyapti. Bunga shuncha vaqtdan beri odamlar ko‘nika olmayapti.

    Muxtor Umarov, Iqtisodiyot assambleyasi raisi 

    QQS tadbirkor uchun yaxshimi?

    “Chust tekstil” korxonasi asoschisi Jamshid Ismatullayev QQS borasida o‘z fikrlarini bayon qildi. Tadbirkorning aytishicha, mazkur soliq turinining joriy etilishi to‘g‘ri qaror bo‘lgan.

    Jamshid Ismatullayev

    Jamshid Ismatullayev
    Foto: Savdo-sanoat palatasi
    Ko‘pchilik QQS nimaligini hozirgacha tushunmaydi. Chunki tajribasi yo‘q. Aksariyat tadbirkorlar yagona soliq to‘langan paytlarda bir xil soliq to‘lab boshi og‘rib o‘tirmasdi. Ularga buxgalter kerak emas edi. Buning natijasida QQS to‘lovchilar o‘z solig‘ini yo‘qotardi. Yangi tizimning joriy etilishi juda to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Agar bitta joyda uzilish bo‘lsa, milliardlab pullar yo‘qoladi. Buni o‘rganish kerak. QQS juda yaxshi tizim. Ammo uni tadbirkorlarga yetkazib berishda muammolar bor. Yillar davomida bu tizim keng qo‘llanmagani uchun bizda mutaxassislar yetishmaydi. Buxgalterlar juda ham kam. Direktorlar buni tushunmaydi. Ilgari 20 foiz QQS bo‘lgan. U xuddi yagona soliqqa o‘xshagan edi. Ya’ni sizning daromadingizdan ketadigan pulga aylanib qolgandi. Odamlar qo‘rqib: “1000 so‘mlik narsa, 1200 so‘mga tushardi-ku”, deyishardi. Hozir bunaqa emas. Soliq idoralari tadbirkorlarga do‘st bo‘lishi kerak. Aksariyat tadbirkorlar soliqdan noliydi. Lekin faqat jazolash emas, ularga tushuntirish kerak. Soliqdagi yangiliklarni kengroq yetkazish lozim.

    Jamshid Ismatullayev, tadbirkor

    QQS bilan bog‘liq nima muammolar bor?

    “BMB group” kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi Behzod Mamatqulov QQS bilan bog‘liq ayrim kamchiliklar to‘g‘risida gapirdi.

    Behzod Mamatqulov

    Behzod Mamatqulov
    Foto: Savdo-sanoat palatasi
    Xohlaymizmi yo‘qmi bugungi kunda tadbirkorning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlar mavjud. Masalan, ikkinchi bir tashkilot bilan shartnoma tuzib, o‘zingiz bilmagan holda uning majburiyatini ham zimmangizga olasiz. Ya’ni u QQS to‘lamagan bo‘lsa, bu sizga ta’sir qiladi. Aynan QQS bilan bog‘liq muammo investitsion loyihalarda ham ko‘zga tashlanadi. Rivojlangan mamlakatlarda investitsiya ko‘rinishida kirib keladigan mahsulotlarga deyarli QQS qo‘llanilmaydi. O‘zimizning faoliyatimizdan misol keltirsam. Biz Italiya bilan hamkorlikda Jizzax viloyati Baxmal tumanida za’faron yetishtirish loyihasini amalga oshiryapmiz. O‘tgan ikki yil mobaynida salkam 21 million yevrolik mahsulot kiritilgan bo‘lsa, endi tasavvur qiling, buning 15 foizi qancha bo‘ladi. Davlatga siz investitsiya olib kirasizda, yana davlatga ma’lum muddatga 15 foiz QQS berib turishingiz kerak. Bu ham o‘z navbatida ma’lum muddatga investorga qo‘shimcha majburiyatlar yuklaydi. Ya’ni aylanma mablag‘ni siz boshqa yo‘nalishga yo‘naltirishga majbur bo‘lasiz. O‘ylaymanki, mana shu narsalar investitsion jozibadorlikka salbiy ta’sir qiladi. Aytaylik, mamlakatga 21 million yevro investitsiya olib kirgan bo‘lsangiz, shundan 15 foiz QQS, 27-28 milliard so‘mni tashkil qiladi. Tadbirkor investitsiya olib kirgan paytda shuncha pulni to‘lab berishi kerak bo‘ladi. To‘g‘ri, uni 120 kunga kechiktirib to‘lash, bo‘lib to‘lash  imkoniyatlari bor. Lekin bu masala tadbirkorlar uchun murakkab. Agar QQS bo‘lsa, hammaga to‘liq qo‘llash kerak. Importyorga qandaydir “oborot” uchun imtiyoz berilib, investitsiya kiritganga 15 foiz soliq qo‘llash no‘to‘g‘ri. Men hammaga bir xil imkoniyat berilishi lozim deb o‘ylayman.

    Behzod Mamatqulov, tadbirkor

    27.06.2022, 12:42   Izoh (0)   10799
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zMTRK raisining birinchi o‘rinbosari Farhod Mahmudov 49 yoshida vafot etdi

    27.06.2022, 12:27

    “O‘zgidromet” anomal issiq hafta oxirigacha saqlanib qolishini ma’lum qildi

    27.06.2022, 12:12

    “O‘zgidromet” 28-iyun kuni qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

    27.06.2022, 11:50

    O‘zbekistonda Jahon bankining krediti ko‘magida binolar uchun toza energiya loyihasi amalga oshiriladi

    27.06.2022, 11:24

    Islom Karimovga qasamyod qilayotgan o‘quvchilar, “ta’limdagi brak — eng xavfli brak”, “talabalar yotoqxonalar bilan ta’minlansin”. O‘zbek matbuoti 27-iyunda nimala...

    27.06.2022, 11:02

    Shavkat Mirziyoyev Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlarining bir guruhini mukofotladi

    27.06.2022, 10:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.