Respublika Gidrometeorologiya markazi 26-iyun, yakshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi davom etadi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 38-40 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekund gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 39-44 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 40-45 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 40-45 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 36-41 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)