Ijtimoiy tarmoqda Lacetti avtomobili haydovchisi xavfli manyovrlar bilan harakatlangani hamda ushbu avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi transport vositasining tom qismi (lyuki)dan tana qismini chiqargani aks etgan video tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilgan. Ushbu avtomobil haydovchisi O.R. (2002-yilda tug‘ilgan) hamda yo‘lovchisi M.A. (2004-yilda tug‘ilgan)ga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Avvalroq Samarqandda Nexia’ni xavfli manyovrlar qilib boshqargan haydovchi javobgarlikka tortilgani, Samarqandda Nexia’ga sirena o‘rnatib, fuqarolar tinchini buzgan haydovchiga chora ko‘rilgani, Toshkentda xavfli manyovrlar qilib, Lacetti’ni orqamacha boshqargan haydovchi javobgarlikka tortilgani haqida xabar berilgan.
Izoh (0)