Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 22-iyun kuni 98 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 239 993 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Foto: SSV matbuot xizmati

Foto: SSV matbuot xizmati

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 4 nafari Andijon viloyatida,
  • 7 nafari Buxoro viloyatida,
  • 2 nafari Jizzax viloyatida,
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 5 nafari Samarqand viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 2 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 5 nafari Xorazm viloyatida,
  • 8 nafari Toshkent viloyatida,
  • 49 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Jizzax viloyatida 1 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 1 nafar,
  • Toshkent viloyatida 1 nafar,
  • Toshkent shahrida 17 nafar
bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 237 811 (+20) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

Ta’kidlash joizki, mamlakatda 18-iyunda 108 kishida, 17-iyunda 90 kishida, 16-iyunda 59 kishida, 15-iyunda 57 kishida, 14-iyunda 39 kishida kasallik qayd etilgandi. 19-iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus bilan kunlik kasallanish holati kamayishni boshlagandi — 93 kishida COVID-19 tasdiqlangan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?