Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda birinchi marta koronavirusga qarshi immun suti olish imkoniyati amaliyotda isbotlab berildi. Tadqiqot natijalari xorijning Frontiers in Nutrion jurnalida chop etilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Natijalarga ko‘ra, ZF-UZ-VAC2001 rekombinant vaksinasi bilan emlangan sigir va echkilarda ikkinchi dozadan 2 hafta o‘tib, ularning qon zardoblarida neytrallovchi antitanalar hosil bo‘lishi ko‘rsatib berildi.

Neytrallovchi antitanalar faolligi 3-dozadan keyin 21 kun o‘tib (birinchi emlangandan 77 kun o'tib) eng yuqori faollikka ko'tarilib, zardob 120 marta suyultirilganda ham laboratoriya testlarida tirik koronavirus ko‘payishini to‘xtatishi aniqlandi.

Immun suti xususiyatlari 62,5 gradus temperaturada 30 minut davomidagi pasterizatsiya rejimida saqlanib qolishi aniqlanib, immun sutining terapevtik maqsadlarda ishlatish imkoniyati ochib berildi.

 

Qoraqalpog‘istonda Panaev Farms chorvachilik korxonasida koronavirusga qarshi faol neytrallovchi immun suti (Immune Milk brendi ostida) pasterizatsiyalangan sut holida kichik hajmda ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Hozirda texnologik liniyalar sinovdan o‘tkazilmoqda. 

Yangi texnologiya asosida og‘iz sutidan bolalar va kattalar uchun biologik faol, tez shimiluvchi kapsulalarni ishlab chiqarish ustida tadqiqotlar olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi